Murod Bobojonov: "Istiqlol"ga qarshi o'yinda gol urganimdan xursandman"
25 jan 2016 09:00
Yangiliklar


Murod Bobojonov: "Istiqlol"ga qarshi o'yinda gol urganimdan xursandman"
Kecha Andrey Fyodorov boshchiligidagi jamoa "Olmaliq" klubiga qarshi (0:1) o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Biz uchrashuv tugagach "Neftchi" hujumchisi Murod Bobojonovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayapmiz. Kuniga ikki mahal mashg'ulotlar olib borilmoqda. Kuni kecha Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi o'ynadik. O'sha bahsda vaziyatni poyladim va gol urishga muvaffaq bo'ldim. Hujumchi uchun doim gol urish yoqimli. Bugungi "Olmaliq"qa qarshi uchrashuv ham samarali bo'ldi. Vaziyatlar bo'ldi, ammo to'p kirita olmadik. 27 yanvar kuni "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz. SHundan so'ng Farg'onaga qaytib Hokim kubogi musobaqasida ishtirok etamiz. Jamoaga kelgan yangi futbolchilar tezda qo'shilib ketishdi. Hech qanday muammolar uchragani yo'q. Barchamiz bir oilamiz", - deydi Murod Bobojonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar