So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

"Murabbiyning o'zgarishi hayot to'xtab qolganini anglatmaydi". "Metallurg" futbolchisi Ixtiyor Toshpo'latov ilk g'alabadan so'ng yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Murabbiyning o'zgarishi hayot to'xtab qolganini anglatmaydi". "Metallurg" futbolchisi Ixtiyor Toshpo'latov ilk g'alabadan so'ng yana nimalar dedi?

Bekobodning "Metallurg" jamoasi Superliganing ikkinchi turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni kichik 1:0 hisobida mag'lub etdi va mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi.


"Mavsumdagi birinchi g'alabamizni o'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida nishonlaganimizdan xursandmiz. Aytganimdek ochilish uchrashuvi bo'lgani uchun g'alaba qozonishdan boshqa choramiz yo'q edi. Raqibni mag'lub etib bayramona kayfiyatni davom ettirishni niyat qilgandik. Ishqibozlarimiz oldida ham yuzimiz yorug' bo'ldi. Birinchi turda "Surxon" bilan uchrashuvda rejalarimiz ish bermadi. SHu bois ikkinchi turda o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz shart edi.

To'g'ri, startdagi ilk bahsdan so'ng jamoamizda murabbiy o'zgardi. Lekin bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Jamoamizni tark etgan Andrey SHipilov uchun ham o'ynashimiz va o'zimizni ko'rsatishimiz shart edi, deb o'ylayman. "Bunyodkor" bizga har tomonlama qarshilik ko'rsatishga urindi. Ammo omad bizga kulib boqdi. 

SHahzod Nurmatov majburiy o'zgartirildi. SHundan so'ng murabbiylarimiz mendan oldingi chiziqqa o'tib o'ynashimni aytishdi. Buning sababi esa men avval ham hujumda to'p tepganman. Bu borada qiyinchilik bo'lgani yo'q",- deydi futbolchi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика