So’nggi yangiliklar

12:15Файзуллаев ЦСКАга қайтди ва Евро-2024да кимга мухлислик қилишини айтди  0 11:44Ўзбекистонга қарши Тошкентдаги ўйинда Эрон етакчилари ўртасида келишмовчилик содир бўлган  2 11:25Копа Америка. Парагвай - Бразилия 1:4, Винисиус авжига чиқди  1 11:07«Челси» Лукакуга нарх қўйди. Унга А сериянинг топ жамоалари қизиқиш билдирмоқда  3 10:41Грузия терма жамоаси дарвозабони: «Хвича бутун бошли Испания термасидан кучли»  10 10:16Жозе Моуринью «Фенербахче»га «Бавария» футболчисини олиб келмоқчи  0 09:50«Челси» 100 миллион фунтга ҳужумчи сотиб олиши мумкин  1 09:22Суперкомпютер плей-офф ўйинлари олдидан Евро-2024нинг асосий фаворитини аниқлади  9 08:55Чилига қарши учрашувда жароҳат олган Мессининг аҳволи маълум  1 08:27«Астон Вилла» «Челси» футболчисини 45 миллион еврога сотиб олди  2 08:00Копа Америка. Бразилия ва Колумбия йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  6 07:43Расман: Хоселу «Ал Гарафа»га кўчиб ўтди. Қатарликлар ҳужумчини «Реал»дан қанчага сотиб олгани маълум  5 00:55Ўзбекистон билан бир гуруҳда бўлган Миср Муҳаммад Салоҳни Олимпиадага чақирадими?  5 00:40Вадим Абрамов: "Ўйин 0:2 ҳисобида бизнинг мағлубият билан бошлангандек таасурот уйғотди"  11 00:25Раде Петрович: "Нефтчи"га қарши ўйинда трибуналар мухлислар билан тўлишига шубҳа йўқ. Бор эътиборни мана шу ўйинга қаратамиз"  7

Murabbiyi O'zbekistondagi U-23 Osiyo kubogida ishlagan, turnir davomida eng ko'p gol urgan hamda ketma-ket uchta mundialdan quruq qolgan Avstraliya haqida Yangiliklar

Murabbiyi O'zbekistondagi U-23 Osiyo kubogida ishlagan, turnir davomida eng ko'p gol urgan hamda ketma-ket uchta mundialdan quruq qolgan Avstraliya haqida

Avstraliya O'zbekiston uchun qo'rqinchli emas.

Mamlakat nomi quloqlarimiz ostida jaranglaganda kengurulari ko'z oldimizga keladigan Avstraliya avvallari xohlagan kuyiga solib ketardi. O'rni kelganda, milliy terma jamoasi pushkasi bilan olti martalab bombardimon qilishni kanda qilmasdi. Ammo so'nggi yillarda ularga qarshilik ko'rsatish, hattoki 120 daqiqalab gol o'tkazmasdan futbol o'ynash mumkinligini milliy terma jamoa misolida guvohi bo'ldik. Endi esa ularning ukalalari katta bir parvoz yo'lida o'zaro kuch sinashadi. U erga ajratilgan chipta esa faqatgina bir jamoaga nasib etadi. G'alaba qozongan jamoaga kichik mundial chiptasi marhabo, yutqazgan jamoa esa jazirama yozda muzqaymoq eb, televizor qarshisida tengdoshlarining o'yinlarini shunchaki tomosha qilishga majbur. Avstraliya yoshlarining eng yaxshi natijasi O'zbekiston singari final hisoblanadi, 2010 yil Xitoyda o'tkazilgan qita musobaqasida yosh "kenguruchalar" hal qiluvchi bahsda SHimoliy Koreyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

To'g'ri, "Sokkeruz" ukaxonlar ham kuchli tarkib bilan tashrif buyurgan. Jamoaning jahli chiqsa, raqib darvozasiga to'qqiztalab gol uryapti. Biroq yashil qita vakillari "O'lmas Koshchey" emaski, ularni taslim etishning iloji topilmasa. Avstraliyani mag'lub etish, balki yirik hisobda dog'da qoldirish mumkinligini 2011 yilda porlagan hamda keyinchalik qishda ko'pgina hududlarda kuzatiladigan chiroq singari "lip" etib so'nib qolgan Estafeev shogirdlari isbotlagan. Meksikada o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida bo'lajak Spark sohiblari "kengurular" xaltasiga to'rtta to'pni joylab qo'yishgandi.

O'tmish o'z yo'liga. Bugungi Avstraliyaning turnirda bosib o'tgan yo'li, statistika hamda o'yin uslubi haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Turnirda bosib o'tilgan yo'l

Avstraliya Osiyo kubogining "B" guruhidan o'rin oldi. Trevor Morgan shogirdlari dastlabki turni kutilmaganda mag'lubiyat bilan boshladi. Kutilmagan deyish ham noo'rin, sababi, 1-turda 1:0 hisobida ustun kelgan Vetnam ham turnirda yomon taassurot qoldirmadi. Ikkinchi turda esa o'ziga kelib olgan "Sokkeruz" nisbatan qiyinroq raqib — Eronni 3:2 hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi turda esa teatr shousi namoyish etgan yashil qita vakillari Qatarni 9:1 hisobida tor-mor etdi. 3-turdan so'ng Avstraliya, Eron va Vetnamda 6 ochkodan bo'lishib oldi. Biroq o'zaro o'yinlardagi to'plar nisbatiga ko'ra to'qqiztalab gol urgan Avstraliya ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Agarda Vetnamga sal yirikroq hisobda imkoniyat boy berilganda, musobaqaning eng goleador jamoasi guruh bosqichidayoq Toshkent xalqaro aeroporti chiptalarini qo'lga kiritgan bo'lardi. 

Avstraliya yoshlari ketma-ket uch marotaba — Yangi Zelandiya (2015), SHimoliy Koreya (2017), Polsha (2019)dagi mundiallardan quruq qoldi. O'zbekistonlik muxlislar mana shu seriya davom etishini istashadi, albatta.

To'p nazorati

Avstraliyaliklar to'pni sevishadi hamda uni raqibga bermaslikka harakat qilishadi. 

Morgan shogirdlari uch turda o'rtacha 56% holatda to'pga egalik qilishgan. Ayniqsa, mag'lubiyatga uchralgan dastlabki turda bu borada yaqqol ustunlik ko'zga tashlangan.

SHuningdek, Tim Kexillning bratishkalari to'p uchun kurashlarda ham faol. Ular bu borada o'rtacha 51% ko'rsatkich qayd etishgan. Havodagi kurashlarda engib chiqish ko'rsatkichi esa 55% ni tashkil etadi. 

Avstraliyaliklar qisqa paslarni yaxshi ko'radi, jamoa bir o'yinda o'rtacha 458 ta pas amalga oshiradi. Jamoa azosi Triantis turnir davomida 223 ta pas amalga oshirib, tengdoshlari orasida eng yaxshilardan biri bo'lib turibdi. Uzun paslar soni esa o'rtacha 49 tani tashkil etadi. Paslar aniqligi chakki emas — 80%, raqib yarim maydonida esa bu raqamlar 68% ga teng. 

Taktika

Trevor Morgan guruh bosqichidagi uchala o'yinda uch xil taktikani sinovdan o'tkazib ko'rdi. Vetnmaga qarshi odatiy 4-4-2 sxemasi ish bermadi, Eron bilan o'yinda 4-5-1 chizmasi ish berdi, zaifroq Qatar esa 4-3-3 bilan vayron etildi. Avstraliya qanotlardan qisqa paslar orqali hujum tashkil etishni afzal ko'radi hamda buni raqib jarima maydonida ham faol qo'llay oladi. Uch o'yin davomida o'rtacha xomcho't qilganda, hujumlarni tashkil etish ko'rsatkichi chap qanotdan - 37%, o'ngdan - 35%, markazdan esa - 28% ni tashkil etadi. Raqib darvozasiga urilgan gollarning ko'pchiligi raqib jarima maydoni ichida yo'llangan zarbalar natijasida sodir bo'lgan. SHuningdek, jamoada jarima zarbalarini mohirona bajaradigan ijrochilar ham mavjud.

Tarkib

Morgan qaydnomasidagi 23 nafar futbolchidan to'rttasi legioner sanaladi. Jumladan, himoyachilar Joshua Roulins Niderlandiya Birinchi divizionida ishtirok etadigan "Utrext" yoshlar jamoasi safida to'p tepsa, Mett Dench Angliyaning "CHarlton" klubi azosi sanaladi. SHuningdek, hujumchilar Gabriel Popovich Xorvatiya Ikkinchi divizionida qatnashadigan "Rudesh" sharafini himoya qiladi, Jing Rik esa Daniyaning AGF klubi libosida o'ynaydi. Musobaqa davomida "Sidney" yarim himoyachisi Adrian Segechich hamda "Adelaida Yunayted" hujumchisi Bernardo Oliveyra 2 tadan to'p kiritib, jamoasining to'purari bo'lib turibdi.

Murabbiy 

Angliyalik murabbiy Trevor Morgan murabbiylik faoliyatining katta qismini janubiy-sharqiy Osiyo mintaqasida o'tkazgan. Avstraliya U-20 terma jamoasini qabul qilishdan avval mamlakatning 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoasini boshqargan va 2022 yil O'zbekistonda o'tkazilgan Osiyo kubogida 4-o'rin sohibiga aylangan.

Murabbiylar qanday fikrda?

Guruh bosqichi doirasida Indoneziyaga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Avstraliyaning o'yindan o'yinga kuchayotganini takidlab o'tgandi: "Pley-off o'yinlari barchasini hal qiladi, bitta xato kechirilmasligi mumkin. Jahon chempionatiga yo'llanma, barcha uchun kerak. Bu bahsga har taraflama yaxshi tayyorlanib, yutib olishimiz kerak. Avstraliyani kuzatib boryapmiz. Ular o'yindan-o'yinga kuchayib borishmoqda. Ularni yana taxlil qilamiz. Murabbiylar shtabimizdagi taxlilchilar o'yinlarni kuzatib borishmoqda. O'yinga munosib taktika va rejani tayyorlaymiz".

O'z navbatida Avstraliya U-20 terma jamoasi ustozi ham jamoasi o'yin sifatini yaxshilab borayotganini qayd etdi: "Biz har bir o'yindan so'ng o'yin sifatini yaxshilab bormoqdamiz va shunga yarasha o'yinimiz kuchayib bormoqda. Birinchi vazifani bajardik, endi esa yarim finalga yo'l olishimiz kerak".

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Avstraliya o'rtasidagi bahs 11-mart kuni soat 19:00 da "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv g'olibi turnir yarim finali hamda Indoneziyada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика