So’nggi yangiliklar

02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  1 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  5 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0 23:38Иван Бошкович: “Сафарда кучли рақибни мағлуб этиш ёқимли, лекин майдон ҳолати ўйин сифатига таъсир кўрсатди”  3 23:20Сергей Лушчан: “Мухлислардан узр сўрайман. Финал олдидан бугун антифутбол ўйнадик”  6 23:11Амалдаги жаҳон чемпионлари Андижондан уйига равона қилинган учрашувнинг энг ҳиссиётли ГАЛЕРЕЯСИ  0 23:02Қозоғистон футзал термаси устози: "Португалия жарима майдончамиз томонда кўплаб ҳужумлар уюштиришини ва бунга сабр қилишимиз кераклигини билардик"  0 22:45АПЛ ярим автоматик оффсайд аниқлаш тизими борасида бир қарорга кела олмаяпти  0 22:13"Милан" ва Тео келиша олмаяпти  1 21:50Футзал бўйича ЖЧ. Қозоғистонликлар келди! Игита етакчилигидаги терма жамоа амалдаги ЖЧ ғолибининг кунини кўрсатди!  15 21:44Февзи Давлетов: “Қизил карточка ўйиннинг боришига таъсир кўрсатди”  4

Mundiallar tarixi. O'zbekiston ilk bor qatnashgan, Eron Braziliyani enggan, Falkao xayrlashgan va taxtga "yangi qirol" chiqqan JCH-2016 Yangiliklar

Mundiallar tarixi. O'zbekiston ilk bor qatnashgan, Eron Braziliyani enggan, Falkao xayrlashgan va taxtga "yangi qirol" chiqqan JCH-2016

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib boryapmiz.

Futzal. Mundiallar tarixi. Ilk bor o'zbek hakami ishlagan mundialda Braziliya pentakampeonga aylandi. JCH-2012


JCH-2016

Mini futbol bo'yicha sakkkizinchi Jahon chempionati Kolumbiyada o'tkazilgan. 2016 yilning 10 sentyabr - 1 oktyabr kunlari bo'lib o'tgan musobaqaga Kolumbiyaning Kali (12000 muxlisga mo'ljallangan arena), Bukaramanga (7600 muxlisga mo'ljallangan) va Medelin (6000 muxlisga mo'ljallangan) shaharlari mezbonlik qilgan. Unda muxlislar "yangi qirol"ni ko'rishga muvaffaq bo'lishgan. Biz uchun etiborli jihati esa unda tarixda ilk bor O'zbekiston futzal terma jamoasi ham qatnashgan. Bu safar mundiallar tarixini bir nechta mavzularga bo'lib taqdim etishni lozim topdim. Zero, bu gal hammasini ketma-ket bitta sarlavhacha ostida yozib ketish to'g'ri emasdek tuyuldi.

O'zbekiston terma jamoasining mundialga yo'llanma olishi

2016 yilgi JCHga yo'llanma beradigan Osiyo chempionatiga Toshkent mezbonlik qilgani yodingizda. O'shanda yarim finalga chiqqanlarga chorakda yutqazganlar orasida o'zaro ustun kelgan beshinchi jamoa ham qo'shilish kerak edi. Ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Mariya Pazos Mendez (futzal olamida uni ko'proq Pulpis nomi bilan tanishadi) boshchiligidagi terma jamoamiz o'z guruhi ("A")da 9 ochko bilan 100 foizlik natija qayd etdi (Saudiya Arabistoni 5:2, Qirg'iziston 2:1 va Livan 2:0 hisobida taslim etilgan). CHorak finalda esa bizni Iroq kutib turardi. O'rtaga mundial yo'llanmasi tikilgan bahsda Dilshod Rahmatovning ikkita va Nodir Eliboevning bitta goli vakillarimizga yirik g'alabani taqdim etgan. "O'zbekiston" sport majmuasi to'la muxlislar o'sha kecha qanday bayram qilishgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Keyinchalik futzalchilarimiz yarim finalda Tailandni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi. Finalda esa Eronga qarshi birinchi bo'lib hisobni ochganlariga qaramasdan yakunda 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi va O'zbekiston Osiyo chempionati kumush medallarini qo'lga kiritdi.

Iroq bilan o'yin tugagach.


O'zbekiston MTJning mundialdagi ishtiroki

Musobaqaning "A" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi 1-turni Panamaga qarshi o'tkazgan. 2016 yilning 10 sentyabr kuni o'tkazilgan bahsni 7352 nafar muxlis bevosita arenadan kuzatib borgan. Bizning o'yinga bunchalik ko'p ishqibozlarning tushishiga sabab bizdan keyin "Kolizeo el Pueblo"da mezbon Kolumbiya Rikardino sardorligidagi Portugaliyaga qarshi bellashishi kerak edi. Xullas, mundialdagi dastlabki to'qnashuv biz uchun u qadar omadli o'tmagan. Kuchli hayajon deyarli butun o'yin davomida futzalchilarimizni tark etmagan va 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgan. 2-turda esa janob Mendez shogirdlarining o'ziga kelib olishlarini uddalay olgan. Bu safar bizni mezbonlar kutib turishardi. O'yinimiz keskin o'zgargan holda harakat qildik, bir qarashda hammasi joyida. Hisobda 3:1 ko'rinishda oldinga o'tib oldik va birinchi g'alabaga yaqindek edik. Ammo, Kolumbiya juda katta kuch bilan oldinga o'tdi va hisobni qisqartirdi. Uchrashuv tugashiga 13 soniya qolganda esa vaziyatni tenglashtiruvchi golni kiritishgan.

Futzal. JCH-2016. Mundialdagi ilk g'alabamizga 13 soniya etmadi


Guruhdan chiqish uchun bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydigan so'nggi turda o'sha paytda ayni kuchga to'lgan va JCHni ag'dar-to'ntar qilayotgan Rikardino boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi kurashishimiz kerak edi. O'yin yomon boshlanmadi. 11-daqiqada burchak zarbasini ijro etganimizdan keyin o'sha Rikardino to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi va hisob 1:1 ko'rinish oldi. Ammo, muvozanatni tiklaganimizdan keyin Ronaldu vatandoshlarining tezkor hujumlari va agressivligi ortdi. Futzalchilarimiz raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga urinishdi, ammo, eng sara jamoalar ham qarshisida hadiksirab turadigan Rikardinoga qarshi chora topishning imkoni yo'q edi o'sha kecha. Futzal dahosi avtogolidan tashqari bizning darvozaga 3ta to'p kiritdi. 35-daqiqada esa shunday ishchi bajardi-ki, bu bilan o'zini ham vakilimiz Javlon Anorovni ham yanada mashhur qilib yubordi. To'pni Anorovning ustidan olib o'tib fint ishlatgan vaziyatini sheriklari gol bilan yakunlashdi va o'sha gol mundialning eng chiroyli gollari o'nligida ikkinchi bo'ldi. Rikardino vaJavlon Anorov esa uzoq vaqtgacha futzal roliklarining yulduziga aylanishdi) >>>>> VIDEO Portugaliya - O'zbekiston 5:1


O'zbekiston MTJning JCH-2016dagi natijalari

1-tur, 10.09.2016

O'zbekiston - Panama 1:3

2-tur, 13.09.2016

Kolumbiya - O'zbekiston 3:3

3-tur, 16.09.2016

Portugaliya - O'zbekiston 5:1


Eronning Braziliya ustidan tarixiy g'alabasi

JCH-2016ning nimchorak finalida Osiyo futzali bayroqdori Eron jahon futzali etakchisi Braziliya bilan bellashdi. Bu mundial braziliyalik afsona Falkao uchun so'nggi musobaqa edi. Lekin, futzal qirolining oxirgi JCHsiga jamoasi tarixdagi eng kuchsiz tarkib va o'yin bilan etib kelgandi. Eronga qarshi Falkao juda zo'r o'yin o'tkazdi. Xuddi Rikardino bizga urgani kabi uchta gol urdi. Ammo, uning xet-triki ham jamoasiga yordam bera olmadi. Braziliya 3:1 hisobida oldinda borayotgan forslar katta iroda va xarakter ko'rsatishdi va dunyoning eng nomdor jamoasiga qarshi o'ziga xos kambekni amalga oshirishdi - 3:3. Qo'shimcha bo'limlar tugashiga 2 daqiqa qolganda Falkao bu safar ham jamoasini oldinga olib chiqadi. Ammo, shu kuni forslarning kuni edi. O'sha daqiqaning o'ziga Eron sardori Muhammad Keshavarz yana muvozanatni tikladi - 4:4. Dahshatli o'yin! Uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilganman va o'shanda har ikki jamoa o'yinchilari 4 bo'lim davomida bu qadar yuqori tempga qanday turib bera olishganiga hayron qolganman. O'sha kecha forslar ham, brazillar ham qahramon edilar. Sizda imkon bo'lsa mana shu uchrashuvni to'liq videosini topib ko'rishni tavsiya qilaman. SHaxsan o'zim uchun Braziliya - Eron bahsi JCH-2016ning eng zo'r o'yini bo'lgan. Hamma kriteriyalar bo'yicha bu to'qnashuvning oldiga tushadigan o'yin bo'lmagan. Futzal lazzati o'sha uchrashuvda mujassam edi. JCH-2016 nimchorak finalidan o'rin olgan Braziliya - Eron bahsidan lavhalarni quyidagi linkda tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> Braziliya - Eron.


Futzal afsonasi Falkaoning xayrlashuvi

Yuqorida JCH-2016 nimchorak finalidan o'rin olgan Braziliya - Eron bahsi haqida to'xtaldim. O'sha uchrashuv yakuniga etgandan so'ng futzal afsonasi Falkao professional faoliyatini yakunladi. 1998 yil terma jamoada debyut qilgan o'yinchi 18 yil davomida ikki bor Jahon chempioni, bir martadan kumush va bronza medallari sohibi bo'ldi. 5 bor Amerika kubogi va 7 marta Libertadores kubogini qo'lga kiritgan. 2004 va 2008 yilgi mundiallarning eng yaxshi o'yinchisi (JCH-2004da to'purar ham bo'lgan), 4 karra dunyoning eng zo'r futzalchisi (2004, 2006, 2011 va 2012 yillar). Uning o'yini misoli sanat asari edi. Uning hatti-harakatlaridan shunchaki zavq olish kerak edi. Afsona terma jamoadagi oxirgi o'yinda xet-trik qayd etdi. Eronga qarshi 3 bor jamoasini oldinga olib chiqdi, ammo bu Braziliya tarixdagi eng kuchsizi edi. Boz ustiga, forslar ayni shu JCHda juda irodali o'yinlarni ko'rsatishadi. Braziliya bilan bellashuvdan tashqari, 3-o'rin uchun bahsda Portugaliyaga 0:2 hisobida yutqaza turib vaziyatdan chiqib keta olishgan eronliklar. Yakunda penaltilar seriyasidagi g'alaba evaziga bronza medallarini qo'lga kiritishgan.


Braziliya - Eron bahsi tugadi, qitadoshlarimiz penaltilar seriyasida ustun kelishdi va tarixiy sensacion g'alabani qo'lga kiritishdi. Hammasi tugagach Falkao ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi, u terma jamoa bilan xayrlashayotgan edi. Arenadagi muxlislar tinimsiz afsonani olqishlashardi. O'sha o'yinni va Falkaoning xayrlashayotganini to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilganman. Bu umuman o'zgacha holat edi. Futzalda katta bir davr intiho topayotgandi. Dahshatli o'yinning kulminaciyasi oxiriga olib qo'yilgan bo'lib chiqdi. Eron terma jamoasining barcha o'yinchilari tarixiy g'alabani nishonlashni chetga surib turib Falkaoni osmonga ota boshlashdi. Zo'rlar eng zo'rini tan olishi edi bu. Falkao mana shunday futzal dahosi bo'lgan. Xayrlashuv o'yinida raqiblar butun jamoa bo'lib uni olqishlashgan. O'sha lahzalarni ko'rib bexos ko'zingiz yosh kelishi mumkin, menda shunday bo'lgan. FIFA ham Falkaoga minnatdorchilik bildiruvchi maxsus rolik tayyorlagan va oxiriga "Rahmat Falkao, futzal afsonasi", - deb yozib qo'ygan. Men o'sha maxsus lavha linkini sizlarga ham ulashishni afzal bildim. >>>>> Falkaoning xayrlashuvi


"Yangi qirol"

Diego Guistozzi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi futzal mundiallariga yangi sahifa ochishdi. Bu safar Braziliya va Ispaniya sovrindorlar orasiga ham kira olishmadi. Guruh ("E") bosqichida Qozog'iston (1:0) va Solomon Orollari (7:3) mag'lub etilgan, Kosta Rika bilan esa 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan. Nimchorakda Ukraina katta qiyinchilik bilan qo'shimcha bo'limlarda kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobida mag'lub etilgan. CHorak finalda Misr (5:0), yarim finalda Portugaliya (5:2) va finalda Rossiya (5:4) mag'lubiyatga uchratiladi. SHu tariqa, muxlislar "yangi qirol"ni ko'rishga muvaffaq bo'ladilar. Argentina jahonda mutlaq tengsiz.

"Oltin butsa":  Rikardino (Portugaliya) 12ta gol

"Kumush butsa": Eder Lima (Rossiya) 10ta gol

"Bronza butsa": Falkao (Braziliya) 10ta gol


"Oltin to'p": Fernando Vilgelm (Argentina)

"Kumush to'p": Eder Lima (Rossiya)

"Bronza to'p": Ahmad Ismoilpur (Eron)


"Oltin qo'lqop": Nikolas Sarmiento (Argentina)


JCH-2016ning eng chiroyli gollari Top-10ni quyidagi linkda tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> JCH-2016ning eng chiroyli gollari


JCH-2016,Final

02.10.2016, 00:30 (Finalning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 2 oktyabrga o'tar kechasiga to'g'ri kelgan)

Kali, "Kolizeo el Pueblo"

Muxlislar: 8559

Rossiya - Argentina 4:5

Bosh hakam: Fernando Lumbreras (Ispaniya)

Ikkinchi hakam: Daniel Rodriges (Urugvay)

Uchinchi hakam: Nurdin Bukuev (Qirg'iziston)

Vaqtga masul: Hamis Hassan Al SHamsi (BAA)

Gollar: E.Lima 16, 22, 40 (dabl pen.), D.Liskov 39 - A.Vaporaki 16, L.Kuzzolino 20 (dabl pen.), A.Brandi 22, 23, K.Vaporaki 39

Amalga oshirilmagan dabl penalti: L.Kuzzolino 35

Rossiya (birinchi beshlik): Gustavo, Ivan CHishkala, Eder Lima, Robino, Danil Davidov.

Zaxira: Georgiy Zamtaradze, Sergey Vikulov, Vladislav SHayaxmetov, Dmitriy Liskov, Ivan Milovanov, Sergey Abramov, Artem Niyazov, Sergey Abramovich.

Argentina (birinchi beshlik): Nikolas Sarmiento, Fernando Vilgelm, Kristian Borruto, Alan Brandi, Pablo Taborda.

Zaxira: Matias Kuevedo, Guido Mosenson, Damian Stazzone, Alamiro Vaporaki, Xerardo Battistoni, Maksimiliano Reskiya, Leandro Kuzzolino, Santiago Bazile, Konstantino Vaporaki.

Ogohlantirishlar: S.Abramovich 20, Robino 34, G.Zamtaradze 35 - N.Sarmiento 10, A.Brandi 20, S.Bazile 30, A.Vaporaki 32

JCH-2016 finali doirasida o'tkazilgan Rossiya - Argentina (4:5) o'yinidagi gollar va xavfli vaziyatlarni quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> JCH-2016 finali




Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2016

O'tkazilgan joyi: Kolumbiya

O'tkazilgan shaharlar: 3 (Kali, Bukaramanga, Medelin)

O'tkazilgan sanasi: 10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil

Ishtirokchilar: 24 (6 qitadan)

Muxlislar tashrifi: 139307 (har o'yinga 2679)

Urilgan gollar: 352 (har o'yinga 6.77ta gol)

To'purar: Rikardino (Portugaliya, 12ta gol)

Eng yaxshi o'yinchi: Fernando Vilgelm (Argentina)

Eng yaxshi darvozabon: Nikolas Sarmiento (Argentina)

"Fair-Play" sovrini: Vetnam



Sovrindorlar

CHempion - Argentina

Ikkinchi o'rin - Rossiya

Uchinchi o'rin - Eron

To'rtinchi o'rin - Portugaliya

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика