So’nggi yangiliklar

08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  0 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  1 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  42 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  14 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  2 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2

MundialGACHA (2-son). Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati Yangiliklar

MundialGACHA (2-son). Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi ishtirokidan so'zlovchi MundialGACHA ruknimiz davom etadi.

2003 yilgi Jahon chempionatidan so'ng biz orada 6 yillik pauza ushlashga majbur bo'ldik. 

MundialGACHA. 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar

Mundialgacha qahramonlik

Nihoyat 2008 yilga kelib bizda umidli va iqtidorlarga boy yana yangi avlod etishib chiqdi. Bu jamoa o'z tarkibiga 1989-1990-1991 yil tug'ilgan futbolchilarni qamrab oldi. Ularni Ahmad Ubaydullaev bir necha yil davomida tayyorlab bordi. Viloyatlardan futbolchilar taklif qilindi. Saudiyada Arabistonida bo'lib o'tgan U-19 Osiyo chempionatida finalgacha borgan vakillarimiz shu yosh tarixida ikkinchi bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Misr chiptasi tikilgan Xitoy bilan chorak final uchrashuvida Murod Xolmuhammedovning penaltilar seriyasidagi qahramonligi yodingizda bo'lsa kerak. Doniyor Usmonovning chetlatishi, zaxira imkoniyatlarimiz qolmagani sabab avval Islom To'xtaxo'jaev, lotoreyada esa Murod darvozaga turib qahramonligi bilan yodda qolgan. 

Bir o'yin tarixi. Usmonov chetlatilgan, Xolmuhammedov darvozabonga aylangan, O'zbekistonga mundial yo'llanmasini taqdim qilgan uchrashuv


CHempionlar bilan bir guruhda

Uchinchi savatchadan joy olgan terma jamoamiz Gana, Urugvay, Angliya bilan   "D" guruhidan joy oldi. Musobaqaga vakillarimiz bir nechta jiddiy yo'qotish bilan etib kelgandi. Ulardan biri Fozil Musaev. Bu haqida Ahmad Ubaydullaev shunday deydi: "Bizga pleymeyker etishmagandi. O'rtadagi asosiy o'yinichimiz Fozil Musaev musobaqaga ketishdan avval jiddiy jarohat oldi. Gana bilan uchrashuvni yaxshi o'tkazdik. Lekin baribir ular biroz kuchlilik qildi",- deydi Ahmad Ubaydullaev. 

SHerzodbek Karimov xuddi bugungi Abbos Fayzullaev singari yonib turgan olov yillari edi. Osiyo chempionatida Koreyaga gol urib finalga ham olib chiqani esingizda bo'lsa kerak. Ilk turda Ganaga qarshi Karimov hisobni ochadi. Keyinchalik 59-daqiqada Ransford Osei, 74-daqiqada Dominik Adiyax gol urib 2:1 hisobida g'alabani qo'lga kiritadi. Keyinchalik Gana Misrdagi mundialda yurishini muvaffaqiyatli yakunlab, chempion ham bo'lgan. Adiyax 8ta gol bilan to'purar va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etilgani qanday raqibligiga misoldir. 

Gana - O'zbekiston 2:1

26.09.2009. "Ismailiya" stadioni. 

Hakam: Alberto Undiano (Ispaniya), Fermin Martinez (Ispaniya), Xuan Yuste (Ispaniya)

Gollar: Ransford Osei 59, Dominik Adiyax 74 - SHerzodbek Karimov 46

Ikkinchi turda bizni yana bir kuchli raqib Urugvay kutayotgan edi, deya olamiz. O'sha yillarda turli yoshdagi terma jamoalarimiz Lotin Amerikasi vakillariga qarshi ko'p bor to'qnash kelishgan, ularning barida raqibning yo'li baland kelavergan. Birinchi turdagi raqib Gana chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Urugvay nimchorak finalda qitadoshi Braziliyaga mag'lub bo'lgan. 

Urugvay - O'zbekiston 3:0

29.09.2009. "Ismailiya" stadioni 

Hakamlar: Roberto Rosetti, Paolo Kalchano, Stefano Ayroldi (Italiya)

Gollar: Nikolas Lodeiro 27, Jonatan Urretaviskaya 61, Santiago Garsiya 82

So'nggi turda raqib - Angliya. Nom jihatdan jarangdor, tarkibida bir nechta yulduzlar bor. Lekin o'shanda ingilizlar musobaqadagi eng kuchsizi edi. Urugvay (0:1) va Gana (0:4) Angliyani qiyinchiliksiz mag'lub etgan. O'zbekiston bilan o'yinda esa 88-daqiqada Nimeli CHuamenining goli mag'lubiyatdan qutqarib qolgan. Aytgancha, Nimelining "Surxon" futbolchisiga aloqasi borligini aytish mumkin. Uning akasi Aleks "Manchester Siti" akademiyasida shug'ullungan va hatto Angliya yoshlar terma jamoasida o'ynagan (darhaqiqat, hozir termada o'ynayotgan Kiran Triper bilan birga). 2009 yilda Aleks Angliya tarkibida U-20 Jahon chempionatida qatnashgan va guruhda O'zbekiston U-20 termasiga raqiblik qilgan.

Katta Nimeli o'sha o'yinda gol urgan va o'yin 1:1 hisobida yakun topib, Angliya plef-offga chiqa olmagandi. 

Mazkur uchrashuvdan so'ng Angliya tomoni O'zbekistonga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi bilan chiqadi. Mazkur xodisani Sunnatilla Mamadaliev shunday eslaydi: "Hamma o'yinlarda ijobiy natija qayd etmagan bo'lsakda munosib qarshilik ko'rsata olganmiz. Angliya bilan 1:1 o'ynaganmiz. Keyingi yili Angliya futbol rahbarlarining shaxsan o'zi bizni o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilishgan. Londonda 0:2 hisobida engilganmiz. Agarda, biz jahon chempionatida yomon o'ynaganmizda Angliyadek davlatdan taklif bo'larimidi? Kris Smolling, Kieran Tripperlarga qarshi maydonga chiqqanimizni unutmayman",- deydi sobiq futbolchi. 


O'zbekiston - Angliya 1:1

03.10.2009. "Muborak" stadioni

Gollar: Ivan Nagaev 76 - Aleks CHuameni-Nimeli 87

NAGAEVNING GOLINI TOMOSHA QILING

Ahmad Ubaydullaev shakllantirayotgan terma jamoani keyinchalik Vadim Abramovga berishadi. Abramov esa bir vaqtda ham milliy, ham olimpiya termasida ishlagan. Yakunda London Olimpiadasi "qulog'ini" ushlab ketgani hamon unutilmaydi. Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Quvvatov, Fozil Musaev, Sanat SHixov, Jasur Hasanov, SHerzod Karimov, Murod Xolmuhammedov o'sha terma jamoadan keyin ham katta futbolda o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Jahon chempionatidan so'ng ayrim futbolchilarimizga xorijdan takliflar bo'lgani, Greciya klublari qiziqishlari doirasiga tushgani qulog'imizga chalingandi. 


Foto: "Sport" kanali xodimi Davron Kabulov mundialni yoritish uchun Misrga kelgandi


Saytimizning qadrdon do'sti va ustozi, jahongashta Hasan Pirmuhammedov. Hozirda uning dunyo kezish vazifasini jiyani Jahongir Fayzullaev davom ettirmoqda. O'ylaymanki, u Argentinaga sayohat uchun ketmadi va chiroyli fotolar bilan xursand qiladi. 


Ustoz jurnalist va taniqli sharxlovchi Davlat Turdialiev


O'zbekiston U-20 terma jamoasi murabbiylar shtabi. Ular orasida "Lokomotiv" ustozi ham bor

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика