So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

MundialGACHA (4-son). Mo'jiza yoxud O'zbekistonning 2015 yil Yangi Zelandiyadagi sarguzashtlari Yangiliklar

MundialGACHA (4-son). Mo'jiza yoxud O'zbekistonning 2015 yil Yangi Zelandiyadagi sarguzashtlari

Jahon chempionati startiga tobora oz qolmoqda. MundialgaCHA ruknimizning navbatdagi soni 2015 yil Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatiga bag'ishlanadi.

Bugun bevosita 2015 yilgi Yangi Zelandiya yashil maydonlarida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati haqida so'z yuritamiz. Zero, ushbu mundial bizga qiziqarli va hayajonli lahzalarni taqdim qilganligi bilan yodda qolgan.

MundialGACHA (1-son). 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar

MundialGACHA (2-son). Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati

MundialGACHA (3-son). Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochgan yigitlar yoxud 10 yil oldingi U-20 Jahon chempionatini yodga olamiz

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi terma jamoamiz 2014 yil Myanmadagi Osiyo chempionatida yarim finalgacha etib kelib yakunda mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U 20 yosh toifasidagi har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga vakillarimiz yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishgan, Yangi Zelandiya bilan Farg'ona va Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari, Ispaniya va Portugaliya bilan xorijda yig'inlar tashkil qilib berilgandi. Tarkibdagi futbolchilarning hali ko'pi 20ga ham to'lmagan bo'lsada allaqachon katta futbol havosidan nafas olib o'z jamoalarida etakchilardan biri sanalardi. Ular qatoriga Akrom Komilov, Javohir Sohibov, Doston Hamdamov, Zabixillo O'rinboev, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurovlarni kiritishimiz mumkin. Bu esa ularga katta o'yinlarda bosimsiz erkin harakat qilish imkoniyatini berardi. Boz ustiga mazkur yoshdagi futbolchilarning qariyb yarimi 2012 yilgi Erondagi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchilari bo'lganligi sabab o'zaro tushunish bo'yicha ortiqcha muammo yo'q edi.

Qura bizga jiddiy va nomdor raqiblarni taqdim qildi,Germaniya, Gonduras, Fiji. To'g'ri bularning ichida Fiji ancha zaifdek ko'ringandi. Biroq, Okeaniya mintaqasi vakili guruhda birinchi turda bizni 4:3 hisobida yutgan Gondurasni ikkinchi turda yirik 3:0 natijasi bilan taslim qilganiga nima deysiz? Darhaqiqat, turnirning ilk o'yinida vakillarimiz gonduraslik tengqurlariga imkoniyatni boy berib guruhdagi vaziyatni og'irlashtirib qo'yishgandi. O'shanda himoyachilarimiz juda tartibsiz harakatlari oqibatida darvozabon Sarvar Karimov to'rtta to'p olib chiqqandi. Ikkinchi turda esa bizni Germaniya kutardi. Tabiiyki oldindan Kutilganidek nemislar bizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 ko'rinishidagi natija bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. O'shanda bizga ikkitga gol urgan SHtendera bugungi kunda “Gannover 96” jamoasining asosiy futbolchisi hisoblanadi. Bu paytga kelib guruhda juda tushunarsiz va chigal vaziyat yuzaga kelgandi. Gonduras, O'zbekiston, hattoki, Fijida ham keyingi bosqichga chiqishga umid qolgandi. Hamyurtlarimiz buning uchun Fijiga ko'proq gol urishlari va g'alaba qozonishlari talab etilardi. Germaniya esa Gondurasga ko'proq to'p kiritib 9 ochko jamg'arishlari lozim edi. SHundagina to'plar nisbatiga ko'ra biz pley-off chiptasini qo'lga kiritardik. Yakunda esa omad bizning yigitlarga kulib boqdi va -1 to'plar nisbati bilan nimchorak finalga yo'l oldi. Gondurasda -6, Fijida esa -7 edi.

Guruh bosqichi.

1-tur.

O'zbekiston – Gonduras – 3:4

Gollar: Doston Hamdamov 31, Eldor SHomurodov 79, Zabixillo O'rinboev 90+6

2-tur

Germaniya – O'zbekiston – 3:0

Gollar: Mark SHtendera 33, 85, Kevi Akpoguma 59

3-tur

O'zbekiston – Fiji – 3:0

Gollar: Eldor SHomurodov 62, Zabixillo O'rinboev 63, Mirjamol Qosimov 90+3


CHorak final yo'llanmasi uchun kechgan jangda yoshlar terma jamoamiz Evropa vakili bo'lmish Avstriyani 2:0 ko'rinishida mag'lubitga uchratdi. Guruhdan 3 ochko bilan chiqqan futbolchilarimizda o'zlariga bo'lgan ishonch ancha ortganligini sezish mumkin edi. Doston Hamdamovning ikki goli bizga keyingi bosqich eshiklarini ochdi. Mirjamol Qosimov ushbu bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib ikki golda ham o'zini hissasini qo'shgandi.

Nimchorak final.

O'zbekiston – Avstriya – 2:0

Gollar: Doston Hamdamov 47, 57.

O'ZBEKISTON AVSTRIYANI MUSOBAQADAN CHIQARIB YUBORGAN O'YIN VIDEOSI

Biroq, yarim himoyachimizning Senegal bilan o'yinni sariq kartochkalari soni 2ta etgani bois o'tkazib yuborishi biz uchun katta yo'qotish bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning maydondagi o'rni shu kuni yaqqol bilindi. Jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan senegalliklarga qarshi deyarli 80 daqiqa tartibli o'ynagan vakillarimiz uchrashuv oxirlariga kelib koncentraciyani yo'qotishdi. Qanotdan tezkorlik markazga uzatib berilgan to'pga etib kelgan Mamadi Tiam himoyachimiz Ibrohim Abdullaevdan o'tib to'p kiritadi.O'yin tugashiga 10 daqiqa qolgan, jamoada gol urishga kuch ham qolmagandi. Murabbiy Ravshan Haydarovning rejasi bo'yicha futbolchilarimiz ekstra-taymgacha borishlari va himoyani mustahkam qilgan holda qarshi hujumga o'tishlari kerak edi. Lekin biz Braziliya emasdikki 5 daqiqada o'yinni burib yuboradigan. SHuning uchun mutaxassis o'yinchilarni almashtirishga shoshilmayotgandi. SHunga qaramay ikkinchi bor kuchli sakkizlikga kirgan termamiz turnirdan so'ng OFK rahbarlarining etirofiga va rahmatiga sazovor bo'ldi. CHunki, chorak finalda Osiyo qitasi nomidan faqat O'zbekiston qatnashayotgandi. SHimoliy Koreya, Myanma, Qatar terma jamoalari guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashib bo'lgandi. Yil so'ngida birvarakayiga uchta futbolchimiz Osiyoning “eng yaxshi futbolchisi” nomzodiga loyiq ko'rildi. Sovrin esa Doston Hamdamovga nasib qildi.

Musobaqada gol urgan va gollarga assistentlik qilgan Mirjamol Qosimov "Dinamo Kiev" qiziqishlari doirasiga tushgan

"2015 yil yozida Yangi Zelandiyada Jahon chempionatida ishtirok etib qaytganimizdan so'ng Kiev klubidan 10 kunlik ko'rikdan o'tish uchun chaqiruv qog'ozi kelganini aytishdi. Uydagilar bilan maslahatlashgach Kievga borishga qaror qildim. U erga borib faqat mashg'ulotlarda ishtirok etdim, o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tusha olmadim. Qishda klub meni yana ko'rikdan o'tish chaqirdi. Ammo bilsangiz o'sha paytda Ukrainada notinchlik hukm surayotgandi. Notinchlik bo'layotgan joyda sport qanday rivojlanadi deb o'yladim va ikkinchi yig'inga bormadim",- degan edi Mirjamol Qosimov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика