So’nggi yangiliklar

08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  0 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  2 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  9 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  14 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  7 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  236 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  4 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  14 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  4

MundialGACHA (5-son). "Biz Osiyo chempionimiz, Argentinada O'zbekistonni hurmat qilishadi" - Evstafeev, Ubaydullaev yoxud ular mundial oldidan nimalar deyishdi? Yangiliklar

MundialGACHA (5-son). "Biz Osiyo chempionimiz, Argentinada O'zbekistonni hurmat qilishadi" - Evstafeev, Ubaydullaev yoxud ular mundial oldidan nimalar deyishdi?

Argentinada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga 2 kun qoldi.

MundialGACHA ruknimizning galdagi sonida avvalgi mundiallarda qatnashgan futbolchi va murabbiylarning fikrlari etiboringizga havola etiladi. 


Ahmad Ubaydullaev (Murabbiy, O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan 2008 yil Osiyo vice-chempioni, 2009 yil Misrdagi Jahon chempionati qatnashchisi) - Jahon chempionatida eng kerakli narsa omad, deb o'ylayman. Kuchli raqiblar bo'ladi. Bu albatta yoqimli. Mening boshqaruvimdagi jamoada aksariyat futbolchilar hali klubida o'ynamgan, ayrimlarini yig'ib Birinchi ligada qatnashganmiz. Hozir ustun tarafi o'z jamoasining asosiy tarkibida o'ynayotgan yoshlarimiz ham bor. Guruhdan bemalol chiqa olishadi, deb o'ylayman. Misrdagi mundialda Urugvay bilan uchrashuvdan tashqari qolgan bahslarda bemalol harakat qilganmiz. Ganani 70-daqiqagacha yutayotgan edik. Angliya bilan durang o'ynadik. Asosiy etishmovchilik pleymeykeker Fozil Musaev edi. Gana amalda musobaqada g'olib chiqdi. Angliyada esa aksariyati APLda, ECHLda o'ynadi. Futbolda omadga ko'p narsa bog'liq. 

Aleksey Evstafeev (O'zbekistonning U-16, U-17, U-20 terma jamoalari sobiq murabbiyi, Meksika va Turkiyadagi mundial qatnashchisi) - Avvalgi va hozirgi yoshlarni solishtirish qanday bo'ladi, bilmayman. Lekin salohiyatli yosh futbolchilar etishib chiqmoqda. Hozirgi U-20 terma jamoamiz, o'tgan yilgi olimpiya terma jamoamiz Osiyo kubogida chiroyli o'yinlar ko'rsatishdi. Ravshan Haydarov boshqarayotgan jamoa qita turnirida g'olib chiqqani qanchalik oldinga siljiganimizni anglatadi. Jahon chempionatiga kelsak, har qanday holatda ham birinchi bo'lib guruhdan chiqib olish zarur. Keyinchalik kimlar raqib sifatida tushadi, ko'ramiz. Ularga omad tilayman. 

Otabek G'ulomxo'jaev (O'zbekiston yoshlar terma jamoasi sobiq murabbiyi) - Avvalo Ravshan aka Haydarovni etirof etib o'tmoqchiman. Kuchli murabbiy, mutaxassis. O'zim ham terma jamoada ishlaganimda ulardan ko'p bor maslahat olganman. Qo'l ostida ahil jamoa tuza oladi. Argentinada bizni istaymizmi yoki yo'q hurmat qilishlari shubhasiz. CHunki yigitlar Osiyo chempioni, qita g'olibi bo'lib borishmoqda. Imkoniyatimizni yuqori baholayman. Terma jamoamiz qanchalik uzoqqa borsa, shunchalik xursand bo'lamiz. Potencialimiz yarim final, finalgacha borishga etadi. Tarkibga to'xtalsam, tanqid yoki boshqa manoda emas, bu albatta murabbiylarning qarori. Lekin Umid Sultonovni olib ketish har holda zarar qilmasdi. Albatta omad tilaymiz, muxlislik qilamiz. O'ylaymanki, uyaltirib qo'yishmaydi. 

Sanjar Quvvatov (2009 yil Misrdagi Jahon chempionatida ishtirok etgan) - 2009 yil Misrga aslida uchinchi darvozabon sifatida borganman. Lekin murabbiylar Jahon chempionati vaqtida imkoniyat berishgan. Umrimni oxirigacha esdan chiqmaydigan xotiralar. O'sha hissiyot qaytadan uyg'onaveradi. Futbolchilarimizga omad tilab qolaman. Otabek Boymurodovdan yana ajoyib o'yinlar kutib qolamiz.Imkoniyatlarimizni hamma biladi. Butun dunyo guvohiga aylandi. Natija qanday tugashidan qatiy nazar O'zbekiston har bir terma jamoaga etarlicha bosh og'riq bo'ladi.  

Doston Tursunov (2015 yil Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etgan) - Yurtimizdagi Osiyo kubogida yoshlarimizning nimalarga qodirligini hamma ko'rdi. Bunda jamoaviy ruh muhim rol o'ynagan. O'ylaymanki, Jahon chempionatida munosib ishtirok etishadi. Biz Ravshan aka Haydarov bilan 4 yil birga ishlaganmiz. O'sha vaqtda ham jamoa bir oila bo'lgan. Argentina bilan ochilish o'yini qiyin bo'lishi tabiiy. Agarda shu bahsni o'z foydalariga hal qilishsa, ishonch ortadi, keyingi bellashuvlar oson o'tadi. 2015 yil guruhdan chiqishimiz omad tufayli ro'y bergan. Deyarli raqiblar darajasi hozirgi bilan bir hil. Gonduras, Germaniya, Fiji, hozir esa Argentina, Gvatemala, Yangi Zelandiya. Yigitlardan chiroyli o'yin kutmoqdamiz. Ortga yuzlari yorug' holda qaytishlarini tilayman. 

Javohir Sohibov (2015 yil Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etgan) - O'sha musobaqani o'zim uchun hayotimdagi eng yaxshisi, deb bilaman. Esda qolarli lahzalar, ajoyib atmosfera. Yangi Zelandiyada bo'lgani ham qaysidir manoda qiziqarli edi. Huddi ertaklardagi kabi. CHorak final yomon natija emasdi. Gvatemala va Yangi Zelandiyani yoshlarimiz bemalol yuta oladi. Argentina bilan ham g'alaba qozonsa bo'ladi. Guruhdan chiqib kamida bizning natijamizni takrorlay olishlari mumkin. Xudo xohlasa Jahon chempionatidan so'ng to'xtab qolishmaydi, degan umiddaman. Qolaversa, hozir etibor yaxshi darajada. "Olimpik", "Olimpiya" kabi loyihalar yo'lga qo'yildi. Muhimi hech qaysi futbolchi jarohat olmasin. 


MundialGACHA (4-son). Mo'jiza yoxud O'zbekistonning 2015 yil Yangi Zelandiyadagi sarguzashtlari

MundialGACHA (3-son). Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochgan yigitlar yoxud 10 yil oldingi U-20 Jahon chempionatini yodga olamiz

MundialGACHA (2-son). Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati

MundialGACHA (1-son). 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика