Mundial oldidan: Rustam Ashurmatov: "Hozircha 90 foiz tayyormiz"
23 may 2015 11:45
Yangiliklar

Mundial oldidan: Rustam Ashurmatov: "Hozircha 90 foiz tayyormiz"
Yoshlar terma jamoasi azolari Yangi Zelandiyaga jo'nab ketdi.
Jo'nab ketish oldidan futbolchilar saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionatiga uzoq muddat tayyorgarlik olib bordik. Jamoada muhit juda yaxshi va ahil oilaga aylandik. Mundial boshlangunga qadar 100 foiz to'la formaga kirishimiz kerak. Hozircha 90 foiz tayyormiz. Panama bilan o'yindan so'ng mundialga 100 foiz tayyor bo'lamiz deb o'ylayman", - deydi termamiz himoyachisi.
- Mana shu yig'inlar davomida terma jamoamiz murabbiylari o'yinlari asosan himoyaviy tashkil etmoqdami yoki hujumkormi?
- Ko'proq hujumkorlikka etibor qaratilmoqda. Hozircha ko'proq o'zimizni xatolar va uslubimiz haqida o'ylamoqdamiz. Raqibni ham o'rganishni boshlaganmiz. Bundan oldin bir necha raqibni o'yinlarini ko'rib chiqdik. Serbiya va Germaniya o'yinini ko'rib, bu jamoaning kuchli ekanligini ko'rdik. 2:2 hisobida durang o'ynadi. SHunga qaramay Germaniya bilan ham bemalol o'ynasak bo'lar ekan.
- O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan Ashurmatov bilan hozirgi holatdagi Ashurmatov o'rtasida qanday farqlar bor deb o'ylaysiz?
- Bunga birinchi navbatdagi muxlislar va murabbiylar baho beradi. O'zimni fikrimcha o'yinimda o'sish bo'lgan. O'smirlar o'rtasida ham yaxshi harakat qildik lekin undan keyin ko'p tajriba to'pladik. Amaliyotlarga ega bo'ldik. O'sishga erishdim. O'smirlar o'rtasida yo'l qo'yilgan xatolar bu yoshlikni xatolaridan bo'ldi deb o'ylayman. Endi bu xatolarni takroklamaymiz deb niyat qilayapman.
- O'smirlar o'rtasidagi chempionatdan so'ng yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatigacha Evropa jamoalar juda katta o'sishga erishadi. Bizda esa aksincha holat bo'ladi odatda. Nega shunday bo'ladi deb o'ylaysan?
- Misol uchun Germaniya yoshlar terma jamoasini olsak, ularni terma jamoasi o'smirlarda ishtirok eta olmasligi mumkin lekin yoshlar o'rtasida juda kuchli o'yin ko'rsatadi. Olimpiya miqiyosida undan ham kuchli, terma jamoalar borasida esa etakchidir. Bizda esa aksincha ko'rinmoqda. Buni sabablar ko'p. Germaniyaning mana shu tarkibidagi barcha o'yinchilari bundesliganing barcha klublarida asosiy tarkib o'yinchilaridir. Bizda esa aksincha yoshlar ligasida, birinchi ligada o'ynaydi. Birinchi sabab shu. Ikkinchisi murabbiylarning ishonchi. Agar bizda ham murabbiylar shu o'smirlarga ishonganda shu darajadagi o'sishga erishgan bo'lar edik. Misol uchun "Bunyodkor" klubi hozir asosan yoshlarga etibor qaratgan. Bu faqat terma jamoamizga foyda keltiradi va futbolchilar o'sadi. SHuni hisobida Germaniyada futbolchi tezlikda o'sib boradi. O'smirlardan yoshlar termasiga o'tishda futbolchilarda uzilish paydo bo'ladi va shuni hisobiga kuchsizlanish kelib chiqadi.
Yana bitta holat. Bizda futbolchi o'smirlarda ajoyib natija ko'rsatsa uni muxlislar maqtab yulduz qilib qo'yadi. SHundan so'ng tamom. Buni muxlislar va jurnalistlar juda yaxshi biladi. Evropada esa yanada o'sish uchun o'ynaydi.
- Ikkinchi bor jahon chempionatida ishtirok etmoqdasiz. Nimalarni kutmoqdasiz?
- O'tgan safar o'smirlar bilan ishtirok etganda chorak finalda Gondurasga imkoniyatni boy berib qo'ygan edik. Bu safar mana birinchi turdan yana shu jamoaga qarshi maydonga tushamiz. O'sha mag'lubiyat uchun ham o'yin bo'ladi deb o'ylayman.

Fikrlar