So’nggi yangiliklar

08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  5 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  9 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  18 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11

Mundial 2022. Germaniya! Yangiliklar

Mundial 2022. Germaniya!

Germaniya!


Taxallusi – "Bundestim".

FIFA reytingida 11-o'rinda.

Jahon chempionatiga yigirmanchi marta (1930 va 1950 yillardan tashqari hammasi) boradi.


E guruhi. Raqiblari: Ispaniya, Yaponiya, Kosta-Rika.

1-tur, 23 noyabr. Germaniya — Yaponiya

2-tur, 27 noyabr. Ispaniya — Germaniya

3-tur, 1 dekabr. Kosta-Rika — Germaniya


Muvaffaqiyatlar


Germaniya. Eng ko'p sovrin yutgan jamoalardan biri va Jahon chempionatida g'olib chiqish bo'yicha faqatgina braziliyaliklardan ortda bo'lgan mamlakat.

Barcha to'rtta chempionlikka qisqacha to'xtalamiz.


SHveycariya-1954.


Turning eng qiziqarli to'qnashuvi GFR va Vengriya bo'ldi.

Vengerlar guruhda nemislarni 8:3 hisobida tor-mor etishdi, ammo bu GFRga 1/4 finalga chiqishga va u erda Yugoslaviyani 2:0 hisobida mag'lub etishga halaqit bermadi.

Nemislar 1/2 finalda Avstriya bilan uchrashishdi va ularni 6:1 hisobida mag'lub etishdi. Revansh payti keldi.

Vengriya ushbu turnirda yo'lidan uchraganini taslim qilayotgandi: Koreya bilan 9:0, GFR bilan 8:3, Braziliya bilan 4:2, Urugvay bilan 4:2. Jamoa tarkibida umumiy 15ta gol urgan Kochish va Pushkash ajralib turardi.

Vengerlarning sovrinni olishiga shubha yo'q edi, ammo...

Vengerlar 10-daqiqada 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, ammo keyinchalik nimadir o'xshamay qoldi – nemislar hisobni tenglashtirishdi, o'yin yakunida esa Xelmut Ran o'z terma jamoasi uchun g'alabani olib berdi.

3:2 – GFR uchun birinchi sovrin.




Germaniya-1974.


Nemislar 20 yil o'tib o'z muvaffaqiyatlarini takrorlay olishdi, ammo bu safar uyda.

GFR futbolchilari guruhda Avstraliya va CHilini mag'lub etishdi, ammo boshqa nemislarga yutqazishdi – GDR. SHunga qaramasdan, ikkita g'alaba ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqishga halal bermadi.

Kuchliroq raqiblar bilan ham muammo yuzaga kelmadi – Yugoslaviya bilan 2:0, SHveciya ustidan 4:1 va 1:0 hisobida Polsha ustidan g'alaba.

Turnir formatiga ko'ra, finalda guruh g'oliblari to'qnashar, ikkinchi o'rinni olganlar esa bronza uchun kurashardi.

GFRga finalda Yoxan Kroyffi bor Niderlaniya terma jamoasi qarshilik ko'rsatdi.

Nemislar 20 yil oldingidek hisobni qisqartirish uchun harakatni boshlashdi, sababi 2-daqiqayoq to'p o'tkazib yuborishgan edi. Ammo, GFR birinchi taym so'nggida 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi, Gerd Myuller esa g'alaba golini urdi.

GFRning ikkinchi tituli.




Italiya-1990.


GFR uchun so'nggi turnir.

Nemislar Yugoslaviya va BAAni mag'lub etib, shuningdek Kolumbiya bilan ochkolarni bo'lishgan holda guruh bosqichidan qiyinchiliksiz o'tishdi.

GFR 1/8 finalda 16 yil oldin finaldagi natijani takrorlagan holda, Niderlandiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Nemislar shundan so'ng Lotar Matteusning goli evaziga CHexoslovakiyani minimal hisobda yutishdi.

GFR uchun eng qiyini yarim finaldagi Angliya bilan o'yin bo'ldi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi va g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga navbat berildi. Unda esa nemislar aniqroq harakat qilishdi, 4-3.

GFR – Argentina – JCH-1990 finali eloni. Nemis mashinasi xudojo'y Maradonaga qarshi. O'yin juda og'ir o'tdi va bitta gol barchasini hal qilayotgandek tuyulardi. 85-daqiqada Janubiy Amerika jamoasi darvozasi tomon ancha bahsli penalti qo'yildi va o'sha vaziyat turnir taqdirini hal qildi. Andreas Breme – g'alaba goli muallifi.

GFR uchun uchinchi sovrin.




Braziliya-2014.


"Germaniya" uchun birinchi titul.

Nemislar 2014 yilda turnir favoritlaridan biri deb hisoblangandi, ammo asosiysi emas.

Germaniya Portugaliyani 4:0 hisobida tor-mor etib, Gana bilan 2:2 hisobida jangovar durang o'ynab va AQSHni minimal hisobda mag'lub etgan holda guruh bosqichidan o'tib oldi.

1/8 finalda Jazoir terma jamoasi bila o'yinda qiyinchilik yuzaga keldi va jamoa faqatgina overtaymlardagina zafar quchdi – 2:1.

1/4 finalda francuzlar 1:0 hisobida mag'lub etildi.

Braziliya bilan yarim finalni yaxshi eslaysiz. Braziliya futboli uchun qo'rqinchli, nemis futboli uchun buyuk kun. Germaniya 30-daqiqada hisobda 0:5 hisobida oldinda borayotgandi. Yakunda 1:7 – Germaniya finalda.

Final yana Argentina bilan, bu safar raqib boshqa bir geniy – Lionel Messi.

O'yin teng kurashlar ostida o'tdi, har qaysi jamoa ham gol urishi mumkin edi. Ammo, barchasini Mario Gyotcening overtaymlarda urgan goli hal qildi. SHunday qilib, nemislar GFRning ham natijalarini hisobga olgan holda, to'rtinchi bor chempion bo'lishdi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Xans-Diter Flik – Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Flikning murabbiylik faoliyati 1996 yilda o'shanda Baden-Vyurtemberg Oberligasida ishtirok etuvchi "Viktoriya Bammental"da o'ynovchi murabbiy sifatida boshlandi.

Xansi 2000 yilda "Xoffenxaym"ga ketdi. U o'zining debyut mavsumidayoq klubni Zyud mintaqaviy ligasiga ko'tarishga muvaffaq bo'ldi, ammo 2-Bundesligaga o'tish vazifasi to'rt mavsumda ham amalga oshirilmadi va shu sabab klubni 2005 yilda tark etdi.

Flik shundan so'ng bir qancha vaqt davomida Jovanni Trapattoni va Lotar Matteusning assistenti, shuningdek "Red Bull Zalcburg"da sport koordinatori bo'lib ishladi. Flik dunyodagi eng mashhur murabbiylardan biri bo'lgan Trapattoni qo'l ostidagi faoliyati unga ko'p narsani o'rgatgani, ayniqsa, taktika va futbolchilar bilan munosabatlarni rivojlantirganini, ammo himoyaga qaratilgan Trapattonining yondashuviga qo'shilmasligini ham aytgandi.

Flik 2006 yilning 23 avgustida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi etib tayinlandi, u erda esa Yoaxim Lyovning assistenti sifatida ajoyib 8 yilni o'tkazdi.

Xans terma jamoa shtabidan ketganidan so'ng Nemis futbol associaciyasi sport direktori lavozimini egalladi va u erni 2017 yilning 16 yanvarida tark etdi.

U 2019 yilning 1 iyulida bosh murabbiy bo'lgan Niko Kovachning yordamchisi sifatida Myunxenning "Bavariya" jamoasiga kelib qo'shildi.

Kovach o'zaro kelishuvga ko'ra 2019 yilning 3 noyabrida "Bavariya"ni tark etdi, Flik esa bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Qoniqarli natijalar sabab "Bavariya" 2019 yilning 22 dekabrida Flikni mavsum so'nggiga qadar murabbiy qilib qoldirganini elon qildi. "Bavariya" 2020 yilning aprelida Flik bilan 2023 yilga qadar yangi shartnoma imzoladi.

Flik 2021 yilning 17 aprelida klubga mavsum so'nggida ketishni xohlayotganini malum qildi. U futbol bo'yicha Germaniya terma jamoasini boshqarish xohishini bildirdi.

Flik "Bavariya"ni zamonaviy futbol tarixidagi eng katta g'alabali rekordlardan biri bilan tark etdi. U "Bavariya"da ishlagan payti jamoa atigi ettita o'yinda yutqazdi va ettita sovrinni qo'lga kiritdi (ikki bor Bundesliga, Germaniya Kubogi, CHempionlar Ligasi, Germaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi JCH).

Flik futbol tarixidagi eng yuqori g'alabalar ko'rsatkichini qayd etdi. U 83% o'yinlarni yutdi, uning "Bavariya"si esa barcha musobaqalarda o'rtacha har bir o'yinda 3tadan gol urdi.

Flik 2020 yilning oktyabrida Evropada yil murabbiyi deb topildi.

Nemis futbol associaciyasi 2021 yilning 25 mayida Flik Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun uch yillik shartnoma imzolagani va u 2021 yilning 1 avgustida kuchga kirishini elon qildi.


Germaniya terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-2-3-1.



O'yin uslubi: hududli futbol, minimum yo'qotishlar, to'pni olib qo'yish hududi nazorati.

Nemis terma jamoasining o'ziga xos uslubi – futbolchilarning to'pga egalik qilish joyiga etibor qaratishi. Bu nafaqat hujumni rivojlantirish variantlarini oshirish, balki kontrpressing uchun ham samarali. Ushbu uslub futbolchilarning xatolarini kamaytirishga va to'g'ri poziciya tanlashga majbur qiladi, sababi to'p yo'qotilish bo'sh hudud orqali qarshi hujumga olib kelishi mumkin.




Nemislarning o'zi yuqori darajadagi pozicion pressingdan foydalanishadi.





Jamoadagi forvard roli "aldamchi to'qqizlik"ni eslatadi. Huhumchi ko'p pressing qilish va mudofaaga tushishi kerak, hujum paytida esa sherigiga hudud ochish uchun o'ziga markaziy himoyachilarni jalb qilishi zarur.




SHu vaqtda hujumchining o'zi ham hujumga qo'shiladi.



Nemislar to'pni olib qo'yish hududini nazorat qilishga qattiq qarashadi, sababi bu ularning qarshi hujumni qabul qilib olish xavfini pasaytiradi va hujumni ikkinchi temp bilan davom ettirishga imkon beradi.



Agar to'p oldirib qo'yilsa, shunday vaziyat sodir bo'lishi mumkin.



Yoki bunday vaziyat: raqib Germaniyaning mudofaasi o'z poziciyasini egallashidan ko'ra tezkorroq harakat qilmoqda.



Takidlash kerak bo'lgan asosiy narsa – nemis terma jamoasi chizig'ining roli. 

Gap shundaki, asosan pozicion hujumlar bilan o'ynaydigan Germaniyada mudofaa chizig'i maydon markaziga ko'chadi va tayanch hududi vazifasini bajaradi. Tayanch o'yinchilarning o'zi esa hujum yo'nalishini belgilashadi. Hujumkor yarim himoyachilar kamroq to'p bilan harakat qilishadi, ular faqatgina oxirgi pas kerak bo'lganda yoki zarba uchun imkoniyat bo'lganda to'pni qabul qilishadi. Hujum guruhi asosan chalg'ituvchi harakatlar bilan shug'ullanadi, bu bilan ular raqib himoyasi diqqatini o'zlariga qaratishadi va erkin hududlarga yugurishadi.

Tayanch hududi o'yinchilarining issiqlik xaritalari markaziy himoyachilarniki bilan o'xshashligiga etibor bering, shuningdek to'pga egalik qilish ko'rsatkichini ham taqqoslash mumkin.



Terma jamoa etakchilari


Yozua Kimmix – yashirin etakchi



Lam, Gomes va Kross ketishidan so'ng, shuningdek doim jarohat sabab yo'q bo'ladigan Roys sabab Germaniyaga yangi qahramon kerak. Va bu Yozua Kimmixdir.

Kimmix kamdan-kam o'yindan keyingi protokollarda ko'rinish beradi, ammo bu sabab foydasiz bo'lib qolmaydi. Uni yuz foiz nemis futboli maktabi mahsuloti desak bo'ladi, u tizimning barcha mezonlariga javob beradi.

Kimmixning asosiy o'ziga xos xususiyatlari – ish qobiliyati va maydonni ko'rishi. U universal va chap qanot himoyachidan tortib hujumchi ortidagi o'yinchi sifatida ishlashi mumkin, ammo Kimmix ko'proq tayanch zonasida harakat qiladi.

Agar Germaniya terma jamoasida o'zgartirib bo'lmas o'yinchini belgilash kerak bo'lsa, bu aniq Yozua bo'ladi.




Antonio Ryudiger – mudofaa qo'rg'oni.



Ryudiger bir necha yillar ichida yaxshi himoyachidan top-klassdagi o'yinchiga aylandi va hozir Madridning "Real" jamoasining asosiy tarkibida o'ynamoqda.

Antonio mudofaaviy sifatlardan tashqari, hujum qilish sifatlarini ham o'zida mujassam etgan – texnika, pas, zarba. Ryudigerda markaziy himoyachi uchun aqlbovarqilmas tezlik bor – u bir yil oldin 36,7 km/s tezlik olgan holda APLning eng tezkor o'yinchisi bo'lgandi.

Antonio mudofaasida barqarorlik etishmaydigan hozirgi Germaniya terma jamoasi uchun juda muhim.

U yana tishlaydi ham.




Leroy Sane – eng xavfli o'yinchi.



Sane o'z manziliga ko'plab tanqidlar qabul qilib oladi, bazilariga munosib, bazilari noo'rin.

Ammo, u o'zining ajoyib driblingi orqali chap qanotda keskinlik yarata olishi faktdir. U gollar urishi yoki assistlar qayd etishi shart emas, sababi raqiblar Leroyning o'zidan ham shunchaki qo'rqishadi.

U biroz Aren Robbenga o'xshash texnikasi bilan bir necha raqibni aldab o'tishi mumkin, zo'r pas bera olishi esa uni ajoyib pleymeykerga aylantirmoqda.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tizim, baza, g'oliblik mentaliteti.

Zaif tomonlari: forvard, avlod inqirozi


Nemis futbol tizimi – yana bir katta plyus. Germaniya JCH-2006dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng futbol inqilobini amalga oshirishdi va endi unda huzurlanishmoqda. Terma jamoani kim boshqarishidan qatiy nazar, deyarli bir xil o'ynaydi. Nemis futbol ittifoqida shunday dastur va shartlar mavjudki, unga murabbiy mos kelishi kerak. O'yinchilar ehtiyotkorlik bilan barcha bir xil dastur bilan ishlaydigan o'smirlar va yoshlar termalaridan bosh jamoaga o'tkaziladi. Bundan tashqari, bundagi asos "Bavariya" klubi deb hisoblashimiz mumkin, u erda ham huddi shu tizim amal qiladi, bu esa futbolchilarning moslashuvini oshiradi.

Barcha futbolchilarda malum bir sifatlar to'plami bor. Siz to'p bilan yomon ishlaydigan va paslarda doim xatoga yo'l qo'yadigan Germaniya terma jamoasi o'yinchisini ko'rmaysiz. Nemis futbol maktablarida o'qitilgan barcha o'yinchilar uchun mos daraja bor. SHuningdek, Germaniyada terma jamoasi o'yin uslubiga moslashish bo'yicha muammo yo'q, bo'lmaydi ham, sababi barcha o'yinchilar ushbu tizim bilan tanish.

Nemislardan olib qo'yib bo'lmaydigan narsa g'oliblik mentalitetidir. Ular maydonga chiqayotganda maqsad faqat g'oliblik ekanligini bilishadi.

Nemis futbolining so'nggi 10-15 yillikdagi asosiy kamchiligi – top forvardning yo'qligi. Yaxshi hujumchilar bo'lgan va hozir ham bor – Kloze, Gomes, Verner, ularni yulduz, ayniqsa individual salohiyat bo'yicha yulduz deb atash qiyin.

Germaniya avlod inqiroziga duch keldi deyish mumkin. Bu narsa Germaniyadek katta terma jamoalar bilan tez-tez ro'y bermaydi. O'zingiz ayting – 26 yoshgacha bo'lgan eng kuchli nemis o'yinchilardan kimlarni sanay olasiz? Musiala – 19 yosh, undan nima chiqish hozircha nomalum. Hayolga Xaverc keladi, ammo u baribir Roys yoki O'zil darajasida emas. Hozircha bu yaqqol sezilmayapti, sababi Kimmix va Sane kabi kuchli avlod bor, biroq ogohlik qo'ng'irog'ining ayni payti.


Taxminiy tarkib:



Bizning taxmin:


Sxema: 4-2-3-1.

Darvozabon: Noyer.

Himoyachilar: Xofmann, Zyule, Ryudiger, Raum.

Yarim himoyachilar: Kimmix – Gyundogan tayanch zonasida, Gnabri – Myuller (Xavertc, Musiala) hujumda – Sane.

Hujumchi: Verner.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика