So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  17 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

Mundial 2022. Gana! Yangiliklar

Mundial 2022. Gana!

Gana!


Taxallusi – "qora yulduzlar"

FIFA reytingida 61-o'rin.

Jahon chempionatiga to'rtinchi marta (2006, 2010, 2014, 2022) boradi.


B guruhi. Raqiblar: Portugaliya, Urugvay, Janubiy Koreya.

1-tur, 24 noyabr. Portugaliya — Gana

2-tur, 28 noyabr. Janubiy Koreya — Gana

3-tur, 2 dekabr. Gana — Urugvay


Muvaffaqiyatlar


Ilk bor Afrika hududida o'tgan mundial Gana uchun tarixiy bo'ldi: "qora yulduzlar" turnirning chorak finaliga Kamerun va Senegal bilan bir qatorda chiqishdi. Buning qanday bo'lganini bir eslasak.



Ganaliklarga oddiy guruh tushmadi: Germaniya, Avstraliya va Serbiya.

Ilk turda afrikaliklarga muhim va qiyin raqib tushdi – serblar. Muhimligining sababi guruhda Germaniyaning borligi. Qiyini esa serblarda juda kuchli tarkib bor va ular Avstraliyadan kuchli edi.

Ikki hissiyotli jamoa o'rtasidagi pragmatik o'yinda Gana g'alaba qozondi. O'yinning 85-daqiqasida yarim himoyachi Zdravko Kuzmanovich o'z jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi, Asamoa Gyan esa penaltidan foydalangan holda, serblarni jazoladi.




Ganaliklar ikkinchi turda Avstraliya bilan to'qnashishdi.


Nazariy jihatdan bu o'yindagi durang ham Ganani qanoatlantirardi, ammo guruhdan chiqishni to'liq nazorat qilish uchun g'alaba qozonish kerak edi.

O'yin boshidan o'xshamadi. Avstraliya Gana darvozaboni Richard Kingsonning xatosidan foydalangan holda, 11-daqiqada oldinga chiqib oldi. Ganaliklar qaytishdi, aniqrog'i jamoa raqibga bosim orqali penalti ishlab oldi, yo'l-yo'lakay esa avstraliyaliklarni bir kishi kam qoldirdi. Yakun – Gyanning turnirda penaltidan urgan ikkinchi goli. "Qora yulduzlar" bahs so'nggiga qadar o'yinni nazorat qilishgan bo'lsa ham, ortiq gol ura olishmadi. Durang 1-1.




Serbiya parallel o'yinda sensacion tarzda Germaniyani 1-0 hisobida mag'lub etdi. Guruhdagi vaziyat chigallashmoqda.

Endi Gana nemislar bilan o'yinda ochko olishi yoki avstraliyalikning minimal g'alabasiga umid qilishi kerak.

"Qora yulduzlar" Germaniya bilan munosib o'yin ko'rsatishdi: darvozalari oldida turib olishmadi, bir necha bor gol ham urishlari mumkin edi. Baribir Mesut O'zil o'yinning 66-daqiqasida ajoyib zarbasi bilan o'yin taqdirini hal qildi. Ganada faqatgina parallel o'yinda ijobiy natijaga umid qilish qoldi...




Va bu ro'y berdi! Serblar Avstraliyaga yutqazdi, 2-1. Bu esa Gana to'plar nisbati bilan ikkinchi o'rinni egallashi va guruhdan chiqishini anglatardi.

1/8 finalda afrikaliklarni guruhda inglizlarni ortda qoldirgan AQSH terma jamoasi kutib turgandi.

Jamoalar o'rtasidagi o'yin teng kurashlar ostida o'tdi.

5-daqiqada hisobni Kevin-Prins Boateng ochdi. Gana oldinga chiqib oldi, ammo amerikaliklar singari raqib darvozasi tomon harakatlanishda davom etdi. AQSH 62-daqiqada Klint Dempsining say-harakatlari exvaziga penalti ishladi va Lendon Donovan uni aniq ijro etdi.

O'yinning asosiy vaqti 1-1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Oldinda qo'shimcha taymlar.

Overtaymlar boshlanganidan uch daqiqa o'tib Gyan o'zining qatiyati va texnikasi evaziga turnirdagi uchinchi golini urdi va jamoasini 2-1 hisobida oldinga olib chiqdi.

Qolgan vaqt davomida o'yinni amerikaliklar nazorat qilishdi, ammo gol urishning uddasidan chiqa olishmadi. Hisob o'zgarmadi – Gana ilk bor mundialda 1/4 finalga chiqadi.




CHorak finalda "qora yulduzlar" turnirning ushbu bosqichidagi eng kuchli jamoaga qarshi to'qnash kelishmadi – Urugvay.

Kutilmaganda ushbu o'yin JCHdagi eng yorqin o'yinlardan biri bo'ldi. Urugvay dastlabki 20 daqiqada ustunlik qildi, so'ngra Gana ustunlikni qo'lga oldi. Birinchi taymning qo'shib berilgan daqiqalarida Salli Muntari o'zining kutilmaganda uzoqdan yo'llagan zarbasi orqali hisobni ochdi. 1-0.

Urugvay 55-daqiqada Diego Forlanning ajoyib tarzda jarima zarbasini ijro etishi orqali javob berdi. Hisob tenglashdi va asosiy vaqt so'nggiga qadar saqlanib qoldi.

Yana qo'shimcha vaqt.

Gana overtaymlar so'nggida urugvayliklarga bosim qildi va butun turnirdagi eng esda qolarli voqea 120-daqiqada sodir bo'ldi – Luis Suaresning qutqarishi. Urugvaylik hujumchi bo'sh darvozaga kirib ketayotgan to'pni qo'llari bilan qaytardi. Suaresni chetlatishdi va penalti qo'yishdi – Gyan gol ura olmadi. Penaltilar seriyasida esa Urugvay g'alaba qozondi.




SHu bilan Gananing o'zi uchun eng yaxshi JCH yakunlandi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Otto Addo – Gana terma jamoasi murabbiyi.



Otto ko'proq o'yinchi sifatida tanilgan. U butun faoliyatini Germaniyada o'tkazgan. "Gannover 96" (1996-1999), "Borussiya Dortmund" (1999-2005) – Addoning faoliyatidagi asosiy klublar. Ganalik dortmundliklar bilan hatto 2002 yili Germaniya chempionligini ham qo'lga kiritgan va UEFA Kubogi finalida o'ynagan.

Otto murabbiy sifatida hali katta muvaffaqiyatlarga erishmadi. Addo 2009 yildan 2015 yilgacha "Gamburg"ning yoshlar jamoasini boshqardi va hatto 2013 yili ikki o'yinga vaqtinchalik murabbiy ham bo'ldi.

U JCH-2014 paytida Gana terma jamoasining bosh skauti bo'ldi. Aytgancha, terma jamoaga nimaga skaut kerak, bilganlar izohlarda yozib yuboring.

Otto keyinchalik bosh murabbiy assistenti bo'ldi. Avvaliga 17/18 yilgi mavsum Daniyaning "Nordshelland" klubida va keyin uch yillik tanaffusdan so'ng 20/21 yilgi mavsum Dortmundning "Borussiya" jamoasida.

Otto keyinchalik 2021 yilda Gana terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Milovan Rayevac murabbiylar shtabiga qo'shilish taklifini oldi. Aytgancha, JARdagi mundialda shov-shuv ko'targan jamoani aynan Rayevac boshqargandi.

Serbiyalik murabbiyda bu safar o'xshamadi: 2022 yilning yanvarida o'tgan Afrika Kubogidan erta chiqib ketish sabab Milovan istefoga chiqarildi.

JCHga chiqish uchun o'tish o'yinlari o'tkazilishiga 2 oy qolganda jamoa murabbiysiz qoldi.

Otto Addoning tayinlanishida omma bosimi katta rol o'ynadi. Gana futbol associaciyasi ofisi tom manoda mahalliy mutuxassisni tayinlash talab qilingan xatlar bilan to'lib ketdi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda lavozimni Addoga berish taklif etilgan katta kampaniya o'tkazildi.

Associaciya muxlislarni tinglagan holda, Ottoga vaqtinchalik bosh murabbiylikni taklif etdi. SHu bilan birga, murabbiyning kelajagi Nigeriyaga qarshi o'tish o'yinlari natijalariga qarab hal bo'lishini malum qildi.

Yakunda – Gana Jahon chempionatida. "Qora yulduzlar" turnirga katta mehnat bilan chiqishdi. Nigeriya bilan ikki durang (dastlab uyda 0-0, so'ngra mehmonda 1-1) ganaliklarga mehmondagi gol hisobiga turnirga yo'l olishga imkon berdi.

Qatarga yo'l olish uchun muvaffaqiyatli o'tgan saralashdan so'ng Gana futbol associaciyasi Otto Addoga jamoani turnirga olib borishni taklif qilgan holda, u bilan yil so'nggiga qadar shartnoma imzolashni taklif etdi.


Gana terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3ga o'zgarish bilan 4-2-3-1.



Ko'proq ehtimoliy variant aynan 4-2-3-1.

SHuningdek, Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida uch himoyachi va 3-5-2 sxemasi sinab ko'rildi. Ammo, natijaga qaraydigan bo'lsak (1-4 hisobida mag'lubiyat), u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

O'yin uslubi – qanotlar orqali faol o'yin, yuqori mudofaa chizig'i.

Ganaliklar ko'plab hujumlarni mudofaa qanotlari orqali qurishadi. Umuman, qayd etish kerakki, Gananing qanot himoyachilari o'yinning har jabhasida juda faol harakat qilishadi: raqibga pressing, hujumga qo'shilish, maydon markazini yopish.

4-3-3 yarim himoyadagi markaziy uchlikni hosil qiladi va hujumkor qanot o'yinchilariga raqib darvozasiga yaqin harakatlanishga imkon beradi, bu esa o'z navbatida mudofaa qanotlari uchun ko'proq joy hosil qiladi. Bu qarama-qarshi yo'nalishda 4-2-3-1 sxemasida ishlaydi. "Qora yulduzlar" shunday qilib hujum taktikasini himoyaga o'zgartirishadi.


CHap qanot himoyachi yarim himoyaga qo'shilgan holda oldinga harakat qilmoqda.


Va bo'sh joyga harakat qilgan holda, qayta pasni kutmoqda.


Ganaliklar o'z futbolchilarining tezlik sifatlarini maksimum ishlatishga harakat qilgan holda, yuqori mudofaa chizig'ida harakat qilishadi. Raqibning ko'plab hujumlari maydon markazidayoq to'xtatiladi, bunga ana shunday taktikalar va himoyailarning individual saviyasi yuqoriligi yordam beradi.


Gana mudofaa chizig'ining tuzilishi


Terma jamoa etakchilari


Tomas Parti – Gana terma jamoasining bosh yulduzi.



Parti – "qora yulduzlar"ning turnirdagi bosh umidi. Aynan unga markaziy chiziqdagi nazorat bog'liq bo'ladi.

Tomas universal, ammo unga ko'proq boks-tu-boks o'yin varianti mos tushadi. Ko'p jihatdan hujumni qo'llab-quvvatlash va raqibni qo'riqlash ham unga bog'liq. Bu esa Gana uchun muhim rol o'ynaydi.

Partida ajoyib o'yin intellekti, ajoyib texnika bor va yakka kurashlarda yaxshi o'ynay oladi. Bunday o'yinchi har qanday jamoaga kerak.

Quyida Partini JCHga olib chiqqan gol.




Jordan Ayyu – jamoaning bosh to'purari.



Jordan Ayyu – tarixdagi eng yaxshi afrikalik futbolchilardan. Jordanning akasi ham bor – Andre Ayyu, katta ehtimol bilan uni ham taniysiz.

Ayyu o'z faoliyatida Angliya Premer-ligasi va Liga 1dagi o'yinlari orqali tanilgan. Uni ajoyib yulduz bo'ladi deb hisoblashgandi, ammo Jordan akasi kabi o'z iqtidorini to'liq ko'rsata olmadi. Biroq, Ayyu 30 yoshida o'z nomini Gana futbolining sahifalarida oltin harflar bilan yozish imkoniyatiga ega. Qatardagi turnir – Ayyu butun faoliyati davomida kutgan imkoniyat.

Ayyuning bosh mahorati – ajoyib tezlik va driblingi. Aynan shu ikki faktor Jordanga o'ng qanot vingeri bo'laturib terma jamoada 19ta gol urishga imkon berdi.

Quyida Ayyuning terma jamoada urgan so'nggi gollaridan birini ko'rishingiz mumkin.




Muhammad Kudus – Tomas Partining oddiyroq va yoshroq varianti.



Kudus katta ehtimol bilan "Ayaks"ning hozirda bosh aktivi hisoblanadi.

22 yoshli yarim himoyachi 10 million evroga baholanmoqda (transfermarkt talqini bo'yicha), ammo niderlandiyaliklarning yoshlar bilan ishlash va Muhammadning aqlbovarqilmas iqtidorini hisobga olsa, uning ikki oydan so'ng 50 mln evro turishi ham hech gap emas.

Kudusda ajoyib texnika va tezlik bor. U Partidan farqli ravishda ko'proq hujumga moslashgan, kerak bo'lganda esa o'sha joyda doimiy o'ynashi ham mumkin.

Videoda Muhammadning Yaponiya bilan o'yindagi harakatlari eks etgan.




Kamal Sulemana – Liga 1 yulduzi.



20 yoshli "Renn" vingeri terma jamoada o'zini kam ko'rsatgan, ammo Liga 1da barcha joyda ovoza bo'lmoqda.

Sulemana uslubi jihatidan Neymarni esga soladi. U ajoyib texnikaga egalik qiladi, birga-bir vaziyatda zo'r o'ynaydi va tezkor harakatlari bilan ajralib turadi.

PSJ muxlislar balki o'tgan mavsum Kamal ularning mudofaasini qanday lol qoldirganini eslashsa kerak. Uni "Ayaks" ham kuzatayotgani bejiz emas. SHunday ekan, Qatardagi JCH – Kamal uchun o'zini butun futbol dunyosiga ko'rsatish imkoniyati.

Bu esa Kamalning Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yindagi harakatlari.




Kuchli va zaif tomonlar


Kuchli tomonlar: tezlik, texnika, o'yinchilarning o'rtacha darajasi.

Zaif tomonlar: murabbiy, darvoza poziciyasi, intizom.


Tezlik va texnika – barcha Afrika jamoalarining ajralib turadigan jihati va Gana ham bundan istisno emas. Barcha chiziqdagi o'yinchilar tezlik va to'p bilan muaomala qilishni yaxshi bilishadi, bu esa ganaliklarga ko'proq kuch bilan hujum qilish va yuqori mudofaani qurishga imkon beradi.

Odatda afrikaliklar himoyada muammolarni boshdan kechirishadi, ammo bu erda Gana istisno. Hozir shunday noyob davrki, terma jamoa mudofaa markazi ishonchli oyoqlarda. "Strasburg"dan Aleksandr Jika va "Lester"dan Deniel Amarti ishonchli tarzda Gana mudofaasini "betonlashmoqda".

Agar jamoaning har bir poziciyasiga qarab chiqsak, barchasida top-chempionatlar o'yinchilarini ko'rish mumkin. Nisbatan yagona zaif nuqta darvozabon hisoblanadi.

Gana ishtirokining eng hal qiluvchi faktorlaridan biri bosh murabbiy bo'ladi.

Hozircha Otto Addo qanday futbolni tadbiq qilishi ayon emas. Unda bosh murabbiy sifatida deyarli tajriba yo'q. Bunday qiyin musobaqada to'g'ri taktika va jamoaning tayyorgarligi juda muhim. Addo bu vazifani bajara oladimi? Bu katta savol.

Intizomga kelsak, futbolga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan muammo kuzatilish xavfi bor. Masalan: mukofot pullari. Negadir bu Afrika jamoalaridagi doimiy muammolardan. Siz futbolchilarning to'lanmagan bonuslar sabab "isyon ko'targanini" eslasangiz kerak. Aytgancha, ganaliklar JCH-2014da shu sabab bilan Portugaliya bilan o'yinga borishni rad etishgan. Bunday masalalar futboldan chalg'itadi va jiddiy muammoga aylanishi mumkin.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика