So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  4 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

Mundial 2022. Franciya! Yangiliklar

Mundial 2022. Franciya!

Franciya!


Taxallusi – "ko'klar".

FIFA reytingida 4-o'rin.

Jahon chempionatiga o'n oltinchi marta (1930, 1934, 1938, 1954, 1958, 1966, 1978, 1982, 1986, 1998-2022 barcha turnirlar) boradi.


D guruhi. Raqiblari: Avstraliya, Daniya, Tunis.

1-tur, 22 noyabr. Franciya — Avstraliya

2-tur, 26 noyabr. Franciya — Daniya

3-tur, 30 noyabr. Tunis — Franciya


Muvaffaqiyatlar


Franciya – ikki karra va amaldagi Jahon chempionlari (1998 va 2018 yillar).

Francuzlar 1998 yildagi uydagi mundialda g'olib chiqishgan.



"Ko'klar" guruh bosqichida Saudiya Arabistoni (4:0), JAR (3:0) va Daniya (2:1)ni mag'lub etishgan. Ularda jamoa gollarining uchdan bir qismini urgan 21 yoshli Terri Anri katta hissa qo'shgan.

Pley-off bosqichidagi ilk raqib Paragvay jamoasi bo'ldi va ular qo'shimcha vaqtlarning 114-daqiqasida Loran Blanning goli evaziga mag'lub etishdi.




1/4 finaldagi o'yin qiyiroq kechdi, sababi raqib murosasiz italyanlar edi. G'olib faqatgina penaltilar seriyasidan so'ng malum bo'ldi, 4-3.




Mezbonlarga yarim finalda katta musobaqalarda syurprizlar taqdim etishni biladigan Xorvatiya qarshilik ko'rsatdi. Xorvatlar ikkinchi taym boshida asosiy yulduzlari bo'lmish Davor SHukerning goli evaziga hisobni ochishdi. Ammo, francuzlar bir daqiqa o'tib hisobni tenglashtirishdi va biroz o'tib g'alaba golini urishdi – o'yinda Lilian Tyuram dubl qayd etdi.

Final braziliyaliklarga futbol saboqini bergan buyuk Zinedin Zidan uchun bayram bo'ldi. Franciyalik yarim himoyachining aqlbovarqilmas o'yini yulduzli raqiblarni yirik hisobda mag'lub etishga va Franciyaning JCHdagi ilk titulini qo'lga kiritishiga yordam berdi.




20 yil o'tib Franciyaning "oltin avlodi" 1998 yilgi natijani takrorladi.



Francuzlar guruhda yana Daniya bilan, shuningdek Peru va Avstraliya bilan to'qnash kelishdi.

Francuzlar Avstraliyani 2:1 hisobida taslim etishdi, Perudan minimal 1:0 hisobida ustun kelishdi va daniyaliklar bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi.

Franciyaga 1/8 finaldayoq guruh bosqichida katta muammolarni boshdan kechirgan Argentina tushdi. Grizmann 13-daqiqada hisobni ochdi, ammo argentinaliklar oldinga chiqib olishdi va shundan so'ng francuzlar to'liq ochilishdi – Pavarning sehrli goli va Mbappening dubli Franciyaga g'alabani taminladi.




Franciya 1/4 finalda Urugvay bilan o'ynadi. "Ko'klar" janubiy amerikaliklar bilan jiddiy muammoga duch kelishmadi – 2:0, gollarga Varan va Grizmann mualliflik qildi.




Belgiya bilan yarim final francuzlar uchun eng qiyini bo'ldi. Raqib Franciya kabi gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo to'p kiritish baribir francuzlarga nasib etdi. 1:0 – Franciya finalda.




Jahon kubogi yo'lidagi so'nggi to'siq turnirni aqlbovarqilmas darajada o'tkazayotgan Xorvatiya terma jamoasi bo'ldi.

Kurash o'yinning atigi birinchi bo'limida bo'ldi va Xorvatiya unda francuzlarning hujumiga munosib javob qaytardi. O'yin ikkinchi taymda ko'proq bir tomonlama bo'ldi – francuzlar tezlikni oshirishdi, xorvatlar esa bunga tayyor emasdi. Manjukichning avtogoli, Grizmanning penaltidan foydalanishi, Pogba va Mbappening gollari Franciyaga finaldagi g'alabani va JCHdagi ikkinchi titulni taqdim etdi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Dide Desham – Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Desham "Monako"ni qabul qilib olgan holda faoliyatini 2001 yilda boshlagan.

Dide 2003 yilda Liga kubogini yutdi, 2004 yilda esa CHempionlar Ligasi finaligacha chiqdi. Keyinchalik Desham rahbariyat bilan kelisha olmay, klubdan ketdi.

2006 yilning yozida unga qiyin ahvoldagi "Yuventus"dan taklif kelib tushdi. Desham deyarli shubhalanmadi va B Seriyadagi birinchi mavsumida "keksa sinora"ni oldinga boshlab tushdi. Desham birinchi mavsumdayoq jamoani A Seriyaga olib chiqdi, ammo mavsum yakunida rahbariyat bilan "Yuventus"ning kelgusi transfer siyosati bo'yicha kelisha olmagan holda klubdan ketdi.

Desham 2009 yilning 5 mayida "Marsel" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2009/10 yilgi mavsum boshida jamoani qabul qilib oldi. Desham ular bilan birga Franciya chempionati, Franciya ligasi kubogi, shuningdek Franciya Superkubogini yutdi. 2012 yilning 2 iyulida esa "Marsel" bilan shartnoma bekor qilingani elon qilindi. Francuz matbuotining fikriga ko'ra, uning ketishiga klub sport direktori Joze Anigo bilan kelishmovchiligi sabab bo'lgan.

Dide Deam 2012 yilning 8 iyulida oldingi murabbiy Loran Blanning istefosidan so'ng Franciya terma jamoasini qabul qilib oldi.

Franciya terma jamoasi uning qo'l ostida Braziliyadagi mundialning chorak finaliga chiqdi va bo'lajak chempionlar bo'lmish nemislarga 0:1 hisobida yutqazdi. SHuningdek uyda o'tgan Evro-2016 finalida minimal hisobda portugaliyaliklarga engildi. Mag'lubiyatga qaramay, Desham terma jamoa bilan ishlashda davom etdi.

Desham qo'l ostidagi Franciya terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionida Xorvatiya ustidan tarixiy g'alabaga erishdi va o'z tarixidagi ikkinchi bor Jahon chempioniga aylandi. Desham shunday qilib Mario Zagallo va Francu Bekkenbauerdan so'ng ham jamoa futbolchisi, ham bosh murabbiyi sifatida Jahon chempionatini yutgan uchinchi inson bo'ldi.

Franciya terma jamoasi o'yin sxemasi: 3-4-1-2, 4-2-3-1.



O'yin uslubi: yuqoridan pas, Mbappega pas, tez-tez kichik kombinaciyalar o'ynash.

Qanotlar butunlay Mendi va Pavarning ixtiyoriga berilgan. Pleymeyker vazifasini bajaruvchi ikki tayanch yarim himoyachisi va Grizmann bor.



Qanot o'yinchilarining oldinroqqa o'tib harakat qilishini tushunish uchun hujumning kechroq bosqichi.



Francuzlarning pozicion hujumlarida tez-tez barcha o'yinchilarning bir joyda turishi va keyin nima bo'lishini kutib o'tirganini ko'rishimiz mumkin. Hatto ikki-uch futbolchi ishtirok etadigan kichik kombinaciyalarni ham ko'rishimiz mumkin.



Mbappe pas berdi va qochdi.



To'pni qayta qabul qilib oldi.



Va to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi. Oddiy, lekin samarali emasmi?



Asosiy hujumlar shunday bo'ladi. Raqibning pozicion xatoga yo'l qo'yishiga umid qilib berilgan pas odatda yuqoridan pas yoki uzoqdan zarba bilan yakunlanmoqda.



Sevimli uslub – jarima maydonchasi markaziga yuqoridan pas tashlab qo'yish.



Odatda Jiru yoki Benzemaga to'p qoldiriladi, katta ehtimol bilan Franciyada shu sabab ikkita forvard o'ynaydi.



Yana g'alati kombinaciya, ammo bazida foyda keltiradi.



Francuzlarning klassik hujumlaridan biri – yuqoridan uzatma.



Sizni xursand qilish uchun – autdan boshlangan francuzlarning kamyob bo'lgan juda chiroyli kombinaciyalaridan biri.



To'p Raboga qoldirilmoqda.



Birdan Mbappega uzatma.



Kilian esa to'pni chiroyli tarzda Raboga qaytardi, u esa raqib darvozasiga qarab otlandi. Juda chiroyli gol urildi, ammo afsuski, francuzlarda bunday gollar doim ham bo'lavermaydi.



Agar tarkibga qarab gapiradigan bo'lsak, francuzlarni hujumkorroqdan ko'ra himoyaviyroq jamoa deyish mumkin, ammo ular himoyada juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishadi.

Bunday vaziyat Daniyaga qarshi o'yinda takror va takror qaytarildi. Jarima maydonchasi ichida 10 o'yinchi 5 raqibga qarshi. 10!



Bu erda esa tez-tez takrorlanib turadigan tayanch zonasining xatosini qayd etmoqchimiz.



Etibor bering, Genduzi hatto yaqinlashgani ham yo'q. Gap shundaki, u xorvat to'pni yo'qotadi deya to'xtab qoldi.

Qanday qilib Franciya terma jamoasida bunday holat ro'y berishi mumkin. Deshamga katta savol.



Jamoaga Pogba etishmaydi. Ushbu jamoada aqlbovarqilmas darajada ko'p kuchli o'yinchilar bor, ammo Polning o'rnini bosib bo'lmaydi. Eng yomoni, u Qatarda o'ynamaydi...


Terma jamoa etakchilari


Kilian Mbappe – superyulduz.



Mbappe. Narxi 150 million evrodan oshadigan jahon futboli yulduzi.

JCH finalida gol urgan Jahon chempioni.

Kilianni o'zi haqida juda ko'p o'ylaydi deb ushbu mavsumda ko'p tanqid qilishmoqda. Uning o'yinida haqiqatdan ham o'zini o'ylash oshib ketdi, ammo bu bilan terma jamoada nima bo'lishi noaniq.

Mbappening asosiy ustunliklari hali ham u bilan birga: tezlik, texnika, zarba.

Mbappe atigi 23 yoshda, ammo u haqda deyarli har bir futbol muxlisi biladi. Bu ham ko'p narsadan dalolat beradi.




Karim Benzema – yutish uchun qaytdi.



Faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazgan amaldagi "Oltin to'p" sohibi.

Benzema ushbu jamoaga juda ham zarur. Ularda ko'p narsa bor, ammo Karimnikidek to'p yillik tajriba etishmaydi.

Benzema etakchilik rolini o'ziga olishi kerak va uning bu vazifani bajarishiga shubha yo'q.

"Real" hujumchisi sheriklikda o'ynashda juda foydali va taktik jihatdan ajoyib bilimdon. Uning Mbappe bilan juftligi butun turnirdagi eng asosiy hujum kuchi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, Karimning o'zi ham gol urishni yaxshi ko'radi.

Qatardagi JCH – Benzema uchun terma jamoa bilan sovrin yutishning asosiy imkoniyati, shu sabab biz undan nimanidir kutishimiz mumkin.




Kristofer Nkunku – umid.



Franciyada pleymeykerlik poziciyasida muammolar bor, Kristofer Nkunku esa aynan shuni hal qilishi mumkin.

24 yoshli futbolchi o'zini yarim himoya va hujum orasidagi bog'lovchi joyida ajoyib his qiladi, ammo kerak bo'lgan payt hujumda ham o'ynay oladi.

Pogbaning jarohati francuzlarga qattiy zarba bo'ldi, shu sabab Nkunku sahnaga chiqishi mumkin.

Kristoferning Bundesligada ajoyib o'yin ko'rsatayotgani birinchi yil emas, ammo terma jamoada o'z o'rnini hali egallab olmagan.

Nkunku – tezkor, egiluvchan, yaxshi uzoq zarbaga ega va maydonni ajoyib tarzda ko'ra oladi.

Unda terma jamoada o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat kam va bu so'nggi imkoniyat bo'lishi ham fakt emas.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: futbolchilarning darajasi, hujum, raqobat.

Zaif tomonlari: jarohatlar.


Franciya terma jamoasi futbolchilarining o'rtacha darajasini bemalol tarixdagi eng yaxshisi deyish mumkin. Top himoyachilar soni uchta tarkibga ham etadi, bu hujum chizig'iga ham taaluqli. Deshamning bu borada omadi kelgan, unda keng tanlov imkoniyati bor. Yana bir muhim jihat, barcha futbolchilar malum bir tizim doirasida emas, balki individual jihatdan juda kuchli. Aslida, shu francuzlarning 2018 yildagi g'alabasiga asosiy sabab bo'lgandi.

Franciya terma jamoasi hujumi – alohida qo'shiq. Tarkibda Mbappe va Benzemaning borligi aslida katta gap. Bu ikkisidan tashqari Olive Jiru, Kristofer Nkunku, Kolo Muani va albatta Antuan Grizmann bor. Terma jamoaga yo'lni unutib qo'ygan Maryal va Ben-Yedderni eslamasak ham bo'ladi.

Bularning barchasi raqobatga olib keladi. Kim ham bunday kuchli jamoada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lgan holda Jahon chempionatida g'olib bo'lishni xohlamaydi deysiz? Albatta, hech kim. Franciya terma jamoasida aqlbovarqilmas raqobat bor, ularning tarkibiga kirish esa nafaqat sifat belgisi, balki katta omaddir.

Franciya katta kadrlar muammosiga yo'liqdi, ayniqsa mudofaada. Fofana, Kamara va Kimpembe aniq JCHni o'tkazib yuboradi. Darvozabon Menyan ham Qatarga bormaydigan bo'ldi. Maydon markazidagi eng og'ir yo'qotishlar – Pogba va Kante aniq turnirni o'tkazib yuboradi.


Taxminiy tarkib:


4-2-1-2-1.



Darvozabon: Loris.

Himoya: Mendi (Ernandes), Upamekano, Saliba, Kloss.

Yarim himoya: tayanch zonasi – CHuameni va Kamavinga, hujum zonasi – chapda Mbappe, markazda Nkunku, o'ngda Dembele.

Hujum: Benzema.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика