So’nggi yangiliklar

23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  0 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  5 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  49 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3

Mundial 2022. Ekvador! Yangiliklar

Mundial 2022. Ekvador!

Ekvador!


Taxallusi – "uch ranglilar"

FIFA reytingida 44-o'rin.

Jahon chempionatiga to'rtinchi marta boradi (2002, 2006, 2014, 2022)


D guruhi. Raqiblar: Niderlandiya, Senegal, Qatar.

1-tur, 20 noyabr. Qatar — Ekvador

2-tur, 25 noyabr. Niderlandiya — Ekvador

3-tur, 29 noyabr. Ekvador — Senegal


Muvaffaqiyatlar


Ekvadorliklar faqat bir marta, aniqrog'i 2006 yilda guruhdan chiqishgan.



Janubiy amerikaliklar bir guruhda, kosta-rikaliklar, polyaklar va musobaqa mezbonlari bo'lmish nemislar bilan o'ynashgan.

Polyaklarga qarshi o'yinda biror bir jamoaga yaqqol ustunlikni berish mumkin bo'lmasa-da, "uch ranglilar" autsayder sifatida chiqishdi desak ham bo'ladi. Ammo, 24-daqiqada Karlos Tenorio hisobni ochdi, 80-daqiqada esa Agustin Delgado Ekvadorning ustunligini oshirdi. Jamoa ishonchli ravishda g'alabani o'ziniki qildi.




Keyingi o'yin katta ehtimol bilan Ekvador uchun guruh bosqichi taqdirini hal qildi.

Kosta-Rika ustidan g'alaba pley-offga chiqishni anglatardi. Mag'lubiyat bo'lgan taqdirda esa imkoniyat deyarli yo'q edi.

Ekvadorliklar Karlos Tenorioning harakati sabab 8-daqiqadayoq hisobni ochdi. 54-daqiqada Agustin Delgado birinchi o'yinda bo'lgani kabi janubiy amerikaliklarning ustunligini oshirdi. Ivan Kavedes esa uchinchi golni urgan holda, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi. 3-0 – Ekvador ilk bor pley-offga chiqmoqda. Ammo, qayd etish kerakki, yirik hisobga qaramasdan, Kosta-Rika Ekvador uchun ko'plab muammolarni yaratdi va o'yinni "uch ranglilar" uchun engil mashg'ulot deb qaramaslik kerak.




Germaniya bilan guruh bosqichidagi so'nggi o'yin ko'proq mashg'ulot xarakterini o'tadi. Ikki terma jamoa ham pley-off uchun o'rinni hal qilishgan, ammo nemislar bilan birinchi o'rin uchun kurashish qiyin edi. SHunga qaramasdan, "uch ranglilar" urinib ko'rishdi. Ammo, o'xshamadi, hisob Germaniya foydasiga 3-0, bu esa Ekvadorni 1/8 finalda Angliya bilan o'yin kutib turganini anglatardi.




Angliyaliklar albatta o'yin favoriti edilar. Ekvador esa Angliyaga shunchaki kurash taklif etmadi, balki u bilan tengma-teng o'ynadi, agar Bekxemning jarima zarbasidan sehrli goli bo'lmaganda, barchasi nima bilan yakunlanishi nomalum edi. Ammo, bu ahamiyat kasb etmaydi, Angliya keyingi bosqichga o'tdi, Ekvador esa uyiga ketdi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Gustavo Alfaro – Ekvador terma jamoasi ustozi.



Alfaro murabbiylik faoliyatini 1992 yilda boshlagan 2019 yilgacha faqatgina Argentinada ishlagan. SHu sabab Ekvador terma jamoasi argentinalik murabbiy uchun ham shaxsiy chaqiriqdir.

Qayd etish kerakki, Gustavo Alfaro 2019 yilda "Boka Xuniors" ustozi bo'lgan edi. Bu esa uning Janubiy Amerikadagi murabbiylik obro'sidan dalolat berib turadi.

Ekvador terma jamoasi o'yin uslubi: 4-3-3 (uchburchak), kamroq 4-2-3-1.



O'yin uslubi – kuchli pressing, tezkor futbol.

Ekvador qanotlarda juda kuchli. Ular futbolchilarning individual salohiyatidan foydalanib, qanotdan o'tishni bilishadi. Yaqinda Argentinaga qarshi o'yinda ekvadorliklar shunchaki o'ng qanotda raqibni "yanchib tashlashdi". Ekvadorliklar qanot himoyachisi Pervis Estupinyan doim Argentina mudofaasining o'ng qanotiga javob beradigan Gonsalo Montieldan o'tib ketaverdi.





Hujumdagi "ortiqcha" o'yinchi hisobiga Ekvadorda ikkinchi temp paydo bo'ldi va raqib jarima maydonchasi ichidagi vaziyat yanada keskinlashdi.



Ekvadorliklar vaqti-vaqti bilan kuchli bosim o'tkazib, barcha ehtimoliy pas variantlarini to'sib qo'yishadi va to'pga egalik qilayotgan raqibga hujum qilishadi.



Qayd etish kerakki, ekvadorliklar faqat baland tog'li mintaqadagi joylashgan Kito shahridagi "La Kasa Blanka" stadioni (dengiz sathidan 2800 metr balandlikda)dagi uy uchrashuvlarida yaxshi o'ynashadi degan fikr bor. SHu sabab raqib yuqorida moslashishga vaqt topa olmaydi va jismoniy holati sezilarli darajada pasayadi. Umuman olganda bu haqiqat, ammo unchalik emas.


Terma jamoa etakchilari


Pervis Estupinyan – aqlbovarqilmas darajadagi iqtidorli chap qanot himoyachi.



Estupinyan – hujumda agressiv va himoyadagi ishonchli o'yinchi. U allaqachon La Liga muxlislarini "Vilyarreal"dagi ishtiroki orqali hayron qoldira oldi, ushbu mavsumda esa APLda "Brayton" safida o'zini ko'rsatishga urinmoqda.

Estupinyan Ekvador terma jamoasida Kanadadagi Alfonso Devisni eslatib yuboradi. Ammo, Pervis kanadalikka nisbatan qanotga ko'proq etiborini qaratgan.

Transfermarkt ekvadorlikni 20 mln evroga baholamoqda va bu uni dunyoning eng qimmat qanot himoyachilaridan biri qiladi.

Etiboringizga Pervisning CHili terma jamoasiga urgan golini taqdim etamiz.




Pero Inkapie – istiqboli yorqin bo'lgan markaziy himoyachi.



Pero yanvarda 20 yoshni qarshi oldi, u Ekvador terma jamoasida allaqachon 19ta o'yinda maydonga tushgan.

Inkapie – zamonaviy markaziy himoyachining yaqqol misoli. U baland bo'yli emas (183 sm), tezkor, qatiyatli va to'p bilan muomala qilishni biladi. Ham markazda, ham chap qanotda o'ynay olishi mumkin.

Yosh ekvadorlik Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan shartnoma imzoladi. Pero u erda darhol asosiy markaziy himoyachiga aylandi.

Ekvadorda Inkapiega atab qo'shiqlar yozilmoqda, hujjatli filmlar suratga olinmoqda, uning bolalagi haqida kitoblar yozilmoqda.




Enner Valensiya – terma jamoasi afsonasi va sardori.



Valensiya terma jamoada 72ta o'yinda maydonga tushib, 35ta gol urgan. U katta farq bilan terma jamoaning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.

Enner Ekvador o'lchamlari bo'yicha "qariya" hisoblanadi. Ammo, 32 yoshli hujumchining o'yiniga qarab, uning faoliyatini yakunlashi borasidagi savol hayolga ham kelmaydi. U ayni damda "Fenerbaxche"da o'ynamoqda va mavsumning dastlabki 4ta o'yinida 6ta gol urishga erishdi!

"Valensiya" hujumlarni sovuqqonlik bilan tezlashtirishni biladi, yaxshi zarbaga va haqiqiy gol sezish xususiyatiga ega va bu unga ko'plab gollar urishga yordam beradi.

Enner Valensiyaning gollaridan kichikroq to'plam.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: jismoniy holat, tezkor hujumlar, jasorat.

Zaif tomonlari: so'nggi pas, vaziyatlardan foydalanish, himoyada chalkashlik.


Jismoniya jihatdan juda kuchli, chidamli va yosh terma jamoa. O'rtacha yosh – 25. Ekvadorliklar bunday doim foydalanishadi va CHili kabi yoshi katta jamoalarni "quvib o'tishga" harakat qilishadi.

Ekvador juda ham tezkorlik bilan hujum qiladi, bu ularning uslubi. Ayniqsa ekvadorliklar argentinalik, braziliyalik va kolumbiyalik, umuman Janubiy Amerikadagi deyarli barcha raqiblarni qiynagan chap qanot ajoyib ko'rinadi.

Ushbu jamoaga tez-tez so'nggi pas etishmaydi. Jamoa ko'plab vaziyatlar yaratadi, ammo hujumchi ortidagi o'tkir futbolchi yo'qligi sabab ko'proq oldirib ham qo'yadi. Bu muammo hozirda ko'plab terma jamoalarda bor, ammo barchada ham Ekvadordagi kabi ajoyib imkoniyat yo'q, shu sabab bu biroz qayg'uli.

Vaziyatlardan foydalana olmaslik – shu Argentinani saralash bosqichida mag'lub etishga imkon bermadi.

Jamoaga shuningdek mudofaada xotirjamlik etishmaydi. Gap futbolchilarning darajasida ham emas, balki jamoaning qizg'in o'yin uslubida. Ekvadorliklar bazan raqib nostandart o'ynashni boshlagan payt mudofaada kulgili xatolarga yo'l qo'yishadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика