So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  2 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  12 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  190 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  2 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  3 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  6 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  7 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  8 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  25

Mundial 2022. Avstraliya! Yangiliklar

Mundial 2022. Avstraliya!

Avstraliya!


Taxallusi - "sokkeruz".

FIFA reytingida 39-o'rin.

Jahon chempionatiga oltinchi marta boradi.


D guruhi. Raqiblar: Franciya, Daniya, Tunis.

1-tur, 22 noyabr. Avstraliya — Franciya

2-tur, 26 noyabr. Avstraliya — Tunis

3-tur, 30 noyabr. Avstraliya — Daniya


Muvaffaqiyatlar


Avstraliyaliklar JCHda guruhdan faqatgina bir bor, aniqrog'i 2006 yilda chiqishgan. O'sha turnir ko'plarning yodida qolgan: Ukraina 1/4 finalda, Zidan braziliyaliklarni qiynagan, Italiya esa "shayton" bilan bitim tuzgan musobaqa. Balki, kimgadir avstraliyaliklarning ham perfomansi yoqqandir.

"Sokkeruz"ning guruhi tushunarsiz edi - Braziliya, Yaponiya, Xorvatiya va avstraliyaliklarning o'zlari. Qanday qilib tasodifan to'rtta turli jamoalar birlashgani hayratlanarli. Avstraliyada Gus Xiddink qo'l ostidagi jangovar jamoa bor edi. Ular nimagadir jiddiy davogarlik qilishdi va etiborni tortishdi deyish qiyin, ammo baribir Tim Kexill, Mark Viduka, Xarri Kyuell, Lyuk Uilkshir, Mark SHvarcer - biz uchun taniqli o'yinchilar, shu sabab yomon to'da yig'ilmagandi.


Avvalo, Avstraliyaning JCHga qanday qilib borib qolganini qayd etish, aniqrog'i ko'rsatish kerak.




Gap shundaki, Okeaniya saralash zonasining o'ziga xosligi shundaki, uni yutishning o'zi kifoya emas - jamoa bir necha konfederaciyalar, xususan Janubiy Amerika va Osiyodan o'tish kerak. Aynan shu erda avstraliyaliklar kuchli jamoalar bilan o'ynash amaliyoti va tajribasi yo'qligi sabab doim muammolarga duch kelishgan, pley-offda esa bu tajriba kerak. SHunday qilib, Urugvay terma jamoasini xafa qilgan Avstraliya o'zining tarixiy musobaqasiga chiqdi.

Ilk raqib - Yaponiya. Bu avstraliyaliklar uchun ozmi-ko'pmi tanish jamoa. Guruhdan chiqishga davogarlik qilish uchun ularni yutish shart edi. Avstraliya g'alaba qozondi. Bu gollivud filmlaridagidek bo'ldi: butun o'yin davomida mag'lub bo'laturib, o'yin so'nggida ketma-ket 3ta gol urish!

Agar yodingizda bo'lmasa, quyidagi video siz uchun




Pley-offga katta qadam. Ammo, barchasi ham oson emas, keyingi raqib - Braziliya. 3 ochko etarli emas, shu sabab ko'prog'iga harakat qilish kerak. 2006 yilgi Braziliya - bunday vazifa uchun yomon variant, lekin nima qilish kerak? Kurashamiz. Bu ajablanarli bo'lsa ham, "sokkeruz" Ronaldino va uning jamoasiga haqiqiy jang taklif etdi. Braziliyalik 2-0 hisobida yutishdi, ammo bu g'alaba oson qo'lga kiritilganini anglatmaydi. Avstraliya raqib darvozasida juda ko'plab vaziyatlarni yaratdi va nafaqat futbol o'ynay olishini, balki juda ajoyib futbol ko'rsata olishini namoyish etdi.




SHunday qilib "sokkeruz" o'zining hal qiluvchi Xorvatiya bilan o'yinga keldi. Durang avstraliyaliklarni qoniqtiradi, ammo ularning raqiblarini emas. Xorvatiyada kuchli jamoa bor edi: Ivica Olich, Niko Kranchar, Dario Srna, Igor Tudor, Niko Kovach, Dario SHimich, Luka Modrich - huddi qadimgi slavyan afsuni o'qilayotgandek. Ammo, sehr xorvatlarga yordam bermadi. Avstraliyaliklar dramatik tarzda kechgan o'yinda 2-2 hisobida durang o'ynay olishdi va ilk bor pley-offga chiqishdi.

"Bu jamoada sher yuragi bor, – deb g'ururlanib aytdi Xiddink. – U nima bo'lishidan qatiy nazar oxirigacha uradi va hech qachon taslim bo'lmaydi. Bu esa eng asosiysi".




Avstraliyaliklar 1/8 finalda Italiya bilan to'qnash kelishdi. Jamoa butun o'yin davomida munosib to'p tepdi va bahsni penaltilar seriyasiga qadar olib borishi mumkin edi, ammo bunday bo'lmadi.

O'yin janjal bilan yakunlandi: bo'lajak JCH g'oliblari bo'lmish italyanlar o'yinning asosiy vaqtiga 8 soniya qolganda berilgan Fabio Grosso uchun qo'yilgan g'alati penalti sabab gol urishdi va keyingi bosqichga o'tishdi.




SHu bilan avstraliyaliklar ertagi yakunlandi. Italiyadan uchralgan alamli mag'lubiyat xafa qildi, ammo baribir nemis mundiali kengurular mamlakati futboli uchun katta muvaffaqiyat bo'ldi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Grem Arnold – futbol bo'yicha Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Agar sizda juda kuchli xotira yoki Avstraliya futboli bilimdoni bo'lsangiz, bu insonni 2006 yili Xiddinkni shtabida ko'rganingizni eslaysiz. Grem Xiddinkka qadar ham, anqirog'i Frenk Farina qo'l ostida 2000 yillardar beri assistentlar orasida bo'lgan. Germaniyadagi Jahon chempionatidan so'ng Arnoldni Gusning o'rniga terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashdi, ammo u avstraliyaliklar postida uzoq qola olmadi. Grem 2007 yilda Osiyo Kubogidagi qoniqarsiz natijalar sabab terma jamoadan chetlatildi. Arnold hozirgi lavozimiga birinchi bor kelganda shunchalik qisqa faoliyat yuritdi, 11 yildan so'ng esa qaytdi.

Bu 11 yilda ko'plab voqealar ro'y berdi. Arnold yoshlar termasini 2008 yilgi Olimpiada o'yinlariga olib chiqishga ulgurdi, shuningdek Angliyaning "Norvich Siti" va "Bolton Uonderers" jamoalarini boshqarishi mumkin edi, ammo yana milliy jamoaning 2010 yilgi JCHda murabbiylar shtabidan o'rin oldi, ammo boshqa bir niderlandiyalik qo'l ostida – Pim Verbek. Grem turli jamoalar bilan Avstraliya chempionatini ikki bor yutdi – bunday ishni boshqa hech kim qila olmayapti. Arnold Yaponiyada ham ishlashga ulgurdi.

Rossiyadagi Jahon chempionatidan so'ng Gremni yana vataniga chorlashdi. Arnold 2018 yildan beri futbol bo'yicha Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Avstraliya terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-2-3-1, kamroq 4-4-2, 4-1-4-1 va 4-1-3-2.



Qayd etish kerakki, katta ehtimol bilan Avstraliyaning asosiy sxemasi yo'q. Grem Arnold raqibga qarab maydon markazini to'ldiradi, ammo har doim to'rtta himoyachi bilan o'ynaydi. Masalan, avstraliyaliklar Peruga qarshi o'tish o'yinida hujumda 4-1-4-1, mudofaada 4-4-2 bilan o'ynashdi.



O'yin uslubi – juda ham ur-to'p uslubiga o'xshaydi, ammo biroz pas bilan o'yinni targ'ib qiluvchi zamonaviy tendenciyalarga bilan jilolangan.

Avstraliyaning taktikasi ancha oddiy.

Ular hujumni mudofaadan chiqishni to'liq nazorat qiladigan Aaron Muy bilan qurishadi. U jamoaning bosh dispetcheri hisoblanadi va hujum yo'nalishini tanlab beradi.



Avstraliyaliklar ko'proq yaxshi tezlik va texnikaga ega Martin Boyl joylashgan o'ng qanotdan hujum qilishadi.



Keyinchalik "sokkeruz"ning hujumini tahlil qilish qiyin, sababi u "vaziyatga qarab" rivojlanadi – yoki pas, yoki aldab o'tishga harakat, yoki imkon bo'lishi bilan zarba berish. Ular unchalik ham pozicion hujum uyushtirishmaydi.

Avstraliyalik mudofaalanishda ham alohida o'yinchiga etibor qaratmay, eskicha 4-4-2 sxemasidan foydalanishadi. To'pni olib qo'yishda hujumni quradigan Muy tez-tez ishtirok etadi.



Avstraliyaliklar klassik ingliz futbolini o'ynashadi. Ehtimol, bu urf-odatlarga sadoqatdan emas, balki tanlovning yo'qligi sabab bo'lishi mumkin. Ularda yulduzlar, ajoyib texnikaga ega, tezligi zo'r yoki maydonni ko'ra oladigan o'yinchilar yo'q, jamoaning jismoniy tayyorgarligi ham o'rtacha. Bunday o'yin uslubi maksimal natijaga erishish uchun eng maqbul variant ekanligi malum bo'ladi.


Terma jamoa etakchilari


Avstraliyaliklar qatarliklar va saudlardan farqli ravishda, dunyo bo'ylab to'p tepishadi. O'sha Saudiya ligasidan ekzotik Norvegiya Elitseriyasigacha.


Aaron Muy – "sokkeruz" tarkibida qayd etish kerak bo'lgan ilk o'yinchi, ammo yuqorida ham u haqda malumot oldingiz.



Avstraliyaning miyasi va yuragi – Aaronning jamoadagi rolini shunday ifodalasa bo'ladi. Muy – Xavi va Maskerano bilan bitta shishachada, bugungi Avstraliyani usiz tasavvur etish qiyin. U bosh "buzuvchi", bosh dispetcher hisoblanadi, shuningdek barcha standart vaziyatlarni amalga oshiradi.

Avstraliyalik o'z faoliyati davomida o'z yurtining A-ligasidan tashqari, APLda "Brayton va "Xaddersfild" safida bir necha mavsum o'ynagan. U shuningdek Xitoyda ham to'p tepgan ("SHanxay SIPG" uni Odil Ahmedovning o'rinbosari sifatida jamoaga taklif etgan) va nihoyat "Seltik" bilan shartnoma imzolagan holda SHotlandiyaga yo'l oldi.


Metyu Rayan – terma jamoa etakchilari ro'yxatiga kirgan ilk darvozabon.



Taniqli darvozabonning eng yuqori narxi – 10 mln evro (transfermarkt talqini bo'yicha).

APL va Ispaniya La Ligasi muxlislari ushbu yigitni juda ham yaxshi bilishsa kerak. U o'z vaqtida transfer bozorida shov-shuv ko'targan, o'shanda "Valensiya" Metyuni "Bryugge"dan 7 mln evroga xarid qilgan. Rayan "ko'rshapalaklar"dan so'ng Angliyaga yo'l olgan va u erda "Brayton" tarkibida ajoyib to'rt mavsumni o'tkazgan. SHundan so'ng avstraliyalik Ispaniyada yana o'zini ko'rsatishga imkon oldi, ammo bu safar "Sosedad" sharafini himoya qildi.

Rayan – juda ham baland bo'yli darvozabon emas, uning bo'yi atigi 184 sm, ammo u ajoyib reakciya va to'g'ri poziciya tanlash qobiliyatiga ega.

Xarri Suttar – "Stok Siti"ning umidli himoyachisi.



Xarri atigi 23 yoshda, ammo u o'zini Angliyada ko'rsatishga ulgurdi. Futbolchi mudofaaning ishonchli o'yinchisi va hatto klubda sardorlik bog'ichiga ham loyiq ko'rildi. SHuni qayd etish kerakki, u hozirda CHempionshipda ishtirok etayotgan "Stok Siti" safida harakat qilmoqda va bu uning darajasini to'liq tushunishga imkon bermaydi, ammo skautlar va OAVning qiziqishi bekorga emas.

Suttar hozirda jarohatidan tiklanmoqda, ammo u Qatardagi turnirga katta ehtimol bilan tayyor bo'ladi. Bu esa Angliya Premer-ligasi klublari skautlari va "sokkeruz" muxlislarini xursand qiladi.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: birdamlik, o'ziga ishonch, o'yinchilarning universalligi.

Zaif tomonlari: texnika, chidamlilik, hujumdagi rang-baranglik.


Avstraliya birinchi navbatda jamoa sifatida kuchli. Ular jamoaviy pressingga yaxshi o'tishadi, mudofaada intizomli va to'pni olib qo'yishda yaxshi harakat qilishadi. Avstraliyaliklar barcha chiziqlarda bir xil ko'rinishadi: juda ham zaif poziciya yo'q, ammo kuchlisi ham.

Zamonaviy til bilan aytganda, "sokkeruz" o'yinchilari biroz eskicha. Buni aldashga kam o'tadigan va zarba berishni afzal ko'radigan hujum chizig'ida ko'rish mumkin. Umuman, ular to'p qabul qilish va uzatishda jamoa juda ko'p xatolar qiladi. O'rtacha aniqlik 77-80%, bu Saudiya Arabistoni va Yaponiya darajasidagi raqiblarga qarshi.

Oldinroq, yuqorida ko'rsatganimizdek, hujum oddiy qurilgan. Ular qattiq mudofaa bilan o'ynaydigan jamoalarga qarshi qiynalishadi. Eng ajablanarlisi – odatda Avstraliyadek jamoalar o'zlarining kamchiliklarini jismoniy holat bilan yopishadi, ammo bu gap "sokkeruz"ga taaluqli emas. Jamoa 60-70 daqiqalardayoq o'rtacha tezlikka o'tadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика