Mundial 2022. AQSH
04 noy 2022 02:32
Yangiliklar
Taxallusi – "yanki".
FIFA reytingida 16-o'rin.
Jahon chempionatiga o'n birinchi marta (1930, 1934, 1950, 1990, 1994, 1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2022) boradi.
B guruhi. Raqiblari: Angliya, Uels, Eron
1-tur, 21 noyabr. AQSH — Uels
2-tur, 25 noyabr. Angliya — AQSH
3-tur, 29 noyabr. Eron — AQSH
Muvaffaqiyatlar
92 yil oldin tashkil etilgan ilk Jahon chempionati amerikaliklar uchun eng muvaffaqiyatlisi bo'lgan.
Turnirda atigi 13ta jamoa ishtirok etdi, guruh bosqichidan so'ng esa jamoalar birdan yarim finalga chiqishdi, ammo bu futbol birinchi sport (hatto uchtalikda ham emas) turi bo'lmagan mamlakat uchun ajoyib natijaga erishgan amerikaliklarning xizmatlariga putur etkazmaydi.
Amerikaliklar birinchi o'yinda Belgiyani 3:0 hisobida taslim etishdi. Flori, Makgi va Patenaudaning gollari nafaqat "yankilar"ga 2 ochkoni, balki ochkolar teng bo'lganda muhim ahamiyat kasb etadigan yaxshi to'plar nisbatini ham taqdim etdi.
AQSHning guruh bosqichidagi ikkinchi raqibi Paragvay terma jamoasi bo'ldi. "Yanki" ilk o'yin natijasini takrorlagan holda Janubiy Amerika jamoasini oson mag'lub etdi. Patenaud xet-trikni rasmiylashtirdi. SHunday ekan, amerikaliklar guruh bosqichini yutishdi va yarim finalga yo'l olishdi.
Amerikaliklarni yarim finalda musobaqaning asosiy favoriti hisoblangan Argentina terma jamoasi kutib turardi. Jiddiy kurash sodir bo'lmadi – AQSH 1-6 hisobida mag'lub bo'ldi.
1930 yildagi bronza AQSH uchun yagona mundial medali bo'lib qolmoqda. Hozircha.
Murabbiy va o'yin uslubi
Gregg Berxalter – AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi.
49 yoshli murabbiy termani 2018 yilning 2 dekabridan beri boshqaradi.
Jamoa uning qo'l ostida 54ta o'yin o'tkazib, 36ta g'alaba, 9ta mag'lubiyat va 9ta durang qayd etdi. G'alaba foizi (66%) ajoyib.
Berxalterning murabbiy sifatidagi asosiy yutug'i 2021 yilda AQSH bilan KONKAKAF Oltin kubogini yutganidir. Amerikaliklar finalda azaliy raqibi bo'lmish Meksika terma jamoasini yutdi.
AQSH terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor).
O'yin uslubi: raqibga qarab o'ynash, ko'proq qanotlar, poziciyani almashish.
Amerikaliklar qarshi hujumda foydalanish uchun maydon markazida doim bir o'yinchini qoldirishadi, shu sabab 1ga 1 vaziyatda yaxshi imkoniyatlarni qo'lga kiritishadi.
Amerikaliklarning mudofaadagi tez-tez qiladigan xatolarini ham aytib o'tish mumkin.
Bu esa Yaponiya bilan o'yindagi kadr.
AQSH – moslashuvchan jamoa. Ularning o'yin uslubi ko'pincha raqibga qarab shakllantiriladi.
Markaziy himoyachining Panama bilan o'yindagi issiqlik xaritasi.
Bu esa Kosta-Rika bilan o'yin. Umuman boshqa holat, to'g'rimi? O'zlarinikidan ko'ra raqib jarima maydonchasida ko'proq harakat qilishgan.
Ammo, chap qanot himoyachisi Robinsonning kartinasi ko'proq hayron qoldiradi.
U Kosta-Rika bilan deyarli hujum o'yinchisi sifatida o'ynadi, Panama bilan esa ko'p payt o'z yarim maydonida harakat qildi.
Terma jamoa etakchilari
Kristian Pulishich – hujum etakchisi.
Pulishichni amerikalik futbolchilarning "oltin" avlodi boshlanishi deb hisoblash mumkin. U 24 yoshda va allaqachon AQSH terma jamoasi sardori hisoblanadi.
Kristian terma jamoada 50ta o'yinda 21ta gol urgan. U ancha yillardan beri "CHelsi" asosiy tarkibi uchun kurashib keladi. Futbolchi "aristokratlar" safiga Dortmundning "Borussiya" jamoasidan 64 mln evro evaziga o'tgan.
Pulishichning ustunliklari: dribling, tezlik va zarba. U asosiy bo'lmagan chap oyog'idan yaxshi foydalana olishi tufayli har qanday hujumkor poziciyada o'ynay oladi.
Xesus Ferreyra – kelajagi bor hujumchi.
Ferreyra ushbu yilda yangi darajaga chiqdi – MLSdagi 27ta o'yinda 18ta gol. Bu 21 yoshli hujumchi uchun haqiqiy ko'tarilish.
Bundan tashqari, Xesus 12ta o'yinda 7ta gol urgan holda terma jamoada asosiy forvard maqomini o'ziga olmoqda.
Unda oldindan nima qilishini sezdirmaydigan o'zgacha mikrodribling va gol sezish qobiliyati bor.
Ueston Makkenni – iqtidorli, ammo...
Tushunish qiyin bo'lgan yigit, lekin istedodini inkor qilib bo'lmaydi.
Ueston ajoyib iqtidorga ega, ammo unga xarakter etishmaydi. Yaqin ikki yil uning faoliyatida eng muhimi bo'ladi, shu sabab uni kuzatish kerak.
Makkenni – maydon markazidagi har qanday poziciyada o'ynashi mumkin bo'lgan universal futbolchi. Ijodkor fikrlash va maydonni yaxshi ko'ra olish qobiliyatiga ega.
Kuchli va zaif tomonlari
Kuchli tomonlari: imkoniyat, ishtiyoq, taktik moslashuv.
Zaif tomonlari: mudofaa, tajriba, etakchining yo'qligi.
Amerikaliklarda katta imkoniyatlar bor. Ushbu terma jamoa hozirgi Daniya kabi qora ot bo'lishi mumkin. Ammo, buning uchun ko'p ish qilish kerak.
Futbolchilar o'z imkoniyatlarini tushunishadi va ularni hech kim jiddiy raqib sifatida ko'rmayotganini ko'rishmoqda. Ular Qatarda butun dunyoga AQSH bilan hisoblashish kerakligini ko'rsatishga urinishadi. Hozir shunday paytki, "yanki" futbol mamlakatiga aylanishi, hozirgi o'yinchilar esa Amerika sporti tarixiga kirishi mumkin.
AQSH raqibga yaxshi moslasha oladi. Bu doim ham ijobiy natijani olib kelmaydi, ammo buni o'yinga olib kirish oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan elementni bergan holda, raqibning ahvolini qiyinlashtirib tashlaydi. Zamonaviy jamoalar o'z uslublarini kamdan-kam hollarda o'zgartirishadi, amerikaliklarda esa uslubning o'zi yo'q. Ko'ramiz, bunday nima chiqarkan.
Mudofaa juda zaif ko'rinmoqda, har bir jabhada xatolar kuzatilmoqda: pozicion o'yindan texnik vaziyatlargacha. Bu har qanday darajadagi raqibga qarshi bilinadi. Mudofaadan tashqari, muntazam ravishda raqibning tezkor hujumlarida yomon harakat qiladigan tayanch zonasida ham ahvol shunday.
Tajriba yo'qligi – jamoa yoshligi sabab. Bu terma o'zini jahon arenalarida ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmagan, KONKAKAF hududidagi raqiblar esa JCH darajasiga to'g'ri kelmaydi, shu sabab dunyoning kuchli jamoalariga qarshi o'ynash qolganlardan ko'ra qiyinroq bo'ladi.
AQSHdagi yaqqol muammo – etakchi yo'qligi. Pulishichga hurmatni saqlagan holda, u qiyin pallada jamoani boshqaradigan etakchi emasdek tuyuladi. Oldin bunga Donovan va Dempsi javob bergan, ammo ularning vaqti o'tdi, yangi etakchi esa hozircha yo'q.
Taxminiy tarkib:
Reyna Pulishichning poziciyasida paydo bo'lishi mumkin, ammo bu holatda Vea zaxiraga yo'l oladi. Gap futbolchilarning formasida.
Darvoza chizig'ini muhokama qilish qiyinroq, bu erda yaqqol posbon yo'q.
O'ng qanot himoyachi hududida esa Yedlin va Dest o'rtasida kurash boradi. Katta ehtimol bilan Yedlin bu poziciyani to'ldirishi mumkin.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar