So’nggi yangiliklar

15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  1 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  1 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  3 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  6 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  24 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0

"Muhsin Muhammadiev bir haftadan buyon mehmonxonada yashamoqda, "Buxoro" bilan birga emas" Yangiliklar

"Muhsin Muhammadiev bir haftadan buyon mehmonxonada yashamoqda, "Buxoro" bilan birga emas"

OAV Muhsin Muhammadiev istefosi haqida malumot berdi. Ammo Buxoro mutaxassis bilan shartnomani rasman bekor qilganicha yo'q.

Ikki kun avval O'zPFL klublar bosh murabbiylari va rahbarlari bilan onlayn videokonferenciya o'tkazganida Muhammadiev unda ishtirok etdi. Bugun u biz bilan bog'lanib, bir haftadan buyon mehmonxonada ekani va jamoa bilan birga emasligi haqida aytib o'tdi. Uning fikriga ko'ra, Buxoro hokimligi vakillaridan biri (viloyat yoki shahar, aniqlik kirita olmadi) natijalar yaxshi emasligidan kelib chiqib, uning istefosini so'ragan (aslida bu uning vakolatiga kirish yoki kirmasligi alohida masala).

Yaqindagina Buxoro futbol klubiga rahbar tayinlash masalasiga yuzaki yondoshilgan, keyinroq O'zPFL bosh direktorni rasman ro'yxatdan o'tkazavermagach, masala qonuniy hal etilgandi. Endilikda bu masala kelib chiqyapti. O'zPFL klub qarorlarini hurmat qiladi va barcha masala qonuniy amalga oshishini nazorat qiladi. SHuningdek, eslatib o'tishimiz kerakki, murabbiylarni ishdan olish ham avvalgi yillardagidan butkul farq qiladi. 2020 yildan boshlab shartnomalarga murabbiyni belgilangan vaqtdan oldinroq istefoga chiqarmoqchi bo'lgan klublar unga kompensaciya to'lab berishi kabi band kiritilgan. Unga ko'ra, Muhsin Muhammadiev istefoga chiqsa ham, yil so'ngiga qadar maoshlarini to'liq olib turadi. Buxoro va murabbiy shunday kelishuvga erishgan.

Hammaga pul kerak bo'lgan davrda Buxoro futbol klubi rahbarlari ham Muhammadievga, ham yangi murabbiyga maosh to'lashlari kerak. O'sha Evropada ham biror murabbiyni istefoga chiqarmoqchi bo'lgan klub avval mana shu masalalarni obdon o'ylab, pishitib oladi. Biz ham shunga etib kelmoqdamiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика