Muhiddin Xudoyorov: “Omad ham futbolning bir qismi ekan”
08 may 2016 17:30
Yangiliklar
Muhiddin Xudoyorov: “Omad ham futbolning bir qismi ekan”
“Buxoro” - “Metallurg” jamoalari uchrashuvi (0-0) so'ngida, buxoroliklar darvozaboni Muhiddin Xudoyorov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
-Bugun biz uch ochko uchun maydonga tushgandik. SHunga mos o'yin ko'rsatdik ham. Ammo yaratilgan vaziyatlardan unumli foylalanishda oqsab, ikki ochkoni yo'qotdik.
Ochig'i turnir jadvalida yuqori o'rinlarda borayotgan “Metallurg”dan bu qadar “avtobus” o'yin kutmagandik. Jamoadoshlarim juda yaxshi o'ynashdi. Ammo butun o'yin davomida himoyalangan jamoaga gol urish qiyin bo'larkan.
Nima ham derdik. Bu futbol. Omad esa uning bir qismi. Endi “Bunyodkor”ga qarshi o'yinga munosib tayyorlanib yo'qotilgan ochkolarni yig'ishga harkat qilamiz. Bizni 90 minut tinmay qo'llab quvvatlagan muxlislarimizga rahmat aytaman, - Muhiddin Xudoyorov.
"Buxoro" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar