Muhiddin Xudoyorov "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi
11 jan 2016 17:28
Yangiliklar
Muhiddin Xudoyorov "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi
Yaqinda jamoaga ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan darvozabon, Muxiddin Xudoyorov bugun rasman “Buxoro” azosiga aylandi.
Ushbu darvozabon o'tgan mavsum Samarqandning “Dinamo” klubi sharafini himoya qilgan edi. Xudoyorov Samarqand klubida 4 yil posbonlik qilgan tajribali futbolchi Andrey Melnichukga raqobat ko'rsatib, uni zahira o'rindig'iga “mixlanishiga” sababchi bo'lgan edi. “Dinamo” birinchi ligaga ravona bo'lganidan so'ng, Xudoyorov ham ushbu jamoani tark etishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Muxiddin Xudoyorov so'nggi payt “Dinamo”ning asosiy darvozaboni sifatida jami 16 uchrashuvda maydonga tushdi va 1335 daqiqa maydonda harakat qildi. Ushbu darvozabon 16 ta uchrashuvda jami 24 marotaba o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar