Muhiddin Xudoyorov "Bunyodkor"da

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2017
Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Klub o'z tarbiyalanuvchisi bo'lgan darvozabon Muhiddin Xudoyorov "Bunyodkor"ga qaytdi. Posbon o'tgan mavsum "Buxoro" sharafini himoya qilgandi. Bugun bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvining ikkinchi bo'limida "qaldirg'ochlar" darvozasini aynan Xudoyorov qo'riqladi.

Ushbu o'yinda shuningdek "Buxoro" yarim himoyachisi Alisher Sanoev ham "Bunyodkor" safida maydonga tushdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia