So’nggi yangiliklar

09:43Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:155 та жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди  0 08:42EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  4 08:10"Андижон" вакиллари Грузия кубогининг финалида кимларни кузатгани боргани маълум  4 07:37Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 04:00Мундиал тарихи. Футболчи сувга тушиб кетган, майдон четидаги полиция голли узатма берган ҳамда мураббийлар ҳакамлик қилган илк жаҳон чемпионатини ёдга оламиз  0 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" яна ғалаба қозонди, ПСЖ ва "Атлетик" дуранг қайд этишди ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди  133 01:05ЕЧЛ. "Вильярреал" "Копенгаген"га ютқазди, "Аякс" "Қорабоғ"ни енгди  1 00:37"Сельта" билан ўйинда четлатилган "Реал" футболчиларига ҳукм чиқарилди  22 23:55Кейн "Бавария"дан кетишни хоҳламаяпти. Унга Ширернинг рекордини янгилаш унчалик ҳам қизиқ эмас  1 23:35Расман: "Динамо" Ратиньо билан хайрлашди. Футболчининг кейинги манзили аниқ  3 23:06УЕФА "Барса"га қарши ўйиндаги немис мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Айнтрахт"ни жазолайди  1 22:43Эрон. Рустам Ашурматов гол урган ўйинда "Истиқлол" "Малаван" билан дуранг ўйнади  0 22:15"Ал Иттиҳод" Бенземага янги шартнома таклиф қилмади  2

Muhammadali O'rinboev: "Eronni CAFA turnirida yutganmiz, Osiyo kubogida chempionlikdan boshqasi qoniqtirmaydi" Yangiliklar

Muhammadali O'rinboev: "Eronni CAFA turnirida yutganmiz, Osiyo kubogida chempionlikdan boshqasi qoniqtirmaydi"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi 2025 yilgi shu yosh toifasidagi Osiyo kubogida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Kecha turnirning guruh bosqichiga qura tashlandi. Eron, Indoneziya, Yaman bilan bir kvartetdan o'rin olgan vakillarimiz endilikda tayyorgarlikka yanad kuchliroq urg'u berishadi. Bu borada terma jamoa sardori Muhammadali O'rinboev fikrlarini bildirdi. 


"Bunday katta turnirlarga barcha jamoani hurmat qilgan holda tayyorlanish kerak deb o'ylayman. Maqsadimiz faqat guruhdan chiqib to'xtab qolish emas, balki Jahon chempionatiga yo'llanma olish va bosh sovringa ega chiqish. Yo'limizda kim raqib bo'lishidan qatiy nazar o'z maqsadimizga erishishimiz shart. Boshqa natija bizni qoniqtirmaydi. Ikki karra Osiyo chempioni bo'lib yangi tarix yozishni istaymiz.

Hozir hayolni faqat Eronga qaratib qo'yish to'g'ri bo'lmaydi. Biz bu jamoani hattoki bizdan 1-2 yosh katta jamoasini yutganmiz. Bizni turnirda yaxshi o'yinlar kutmoqda. 

Klubdagi faoliyatimga kelsak, bilasiz ko'p vaqtimiz terma jamoa ixtiyorida bo'lmoqda. SHu bois klubda o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgandim. Oxirgi turlarda esa ishonch bildirishmoqda. Buni oqlashga harakat qilaman va o'z ustimda ishlashdan to'xtamayman",- deydi Muhammadali O'rinboev.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика