Muhammadali G'iyosov: "SHo'rtan"ni tezkor gollarimiz hisobiga mag'lub etdik"
15 apr 2021 15:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631227_original.jpg)
![](/upload/storage/631227_220.jpg)
Muhammadali G'iyosov: "SHo'rtan"ni tezkor gollarimiz hisobiga mag'lub etdik"
Temur Kapadze murabbiyligidagi "Olimpik" jamoasi Pro liganing navbatdagi turida safarda "SHo'rtan"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (6:0).
Mazkur uchrashuvdan so'ng o'yin davomida faol harakatlari va goli bilan jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shgan Muhammadali G'iyosov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Fikrimcha raqib darvozasiga urgan tezkor gollarimiz ishimizni engillashtirdi. SHuning hisobiga yakunda yirik hisobdagi g'alabani tantana qildik. Bahsdan oldin bunchalik oson bo'lishini hech birimiz kutmagandik. Zero "SHo'rtan" safida ham ishtiyoqi baland yosh futbolchilar jamlangandi. Murabbiyimiz Temur Kapadze bizni ushbu uchrashuvga har tomonlama tayyorladilar. Asosan har birimiz o'z o'yinchimiz bilan harakat qilishimizni takidladilar",- deydi Muhammadali G'iyosov.
O’xshash yangiliklar
10:57
Legionerlarimizga atalgan kun. Bugun Husanov, G'aniev, Erkinov, Turg'unboev jamoalari o'ynaydi
7
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar