
Uchrashuvning eng faol futbolchisi so'zsiz "Qizilqum"ning 12-raqamli o'yinchisi hisoblanmish navoiylik muxlislar bo'lishdi. Shuncha yo'l bosib Muborakka qadar kelgan ishqibozlar butun o'yin davomida suyuklilarini qo'llab-quvvatlashdi. Bu borada ularga katta #respect
Futbolda o'yin davomida futbolchilarga tegishli ko'rsatmalarni bosh murabbiylar berib borishadi. Lekin Muborakdagi o'yinda mehmonlar ijrochi direktori Hamid Aktamov bosh murabbiy sifatida gavdalandi.
O'yin yakunlanganidan keyin mahalliy ishqibozlar ochiqchasiga "Mashal" futbolchilarini yaxshigina so'zlar bilan "tuzlashdi". Biroq Ivanov ularga qarata minnatdorchilik tariqasida qarsak chalib qo'ydi. Uning bu harakati tahsinga loyiq. Lekin Ivanov mahalliy muxlislarni nima deganini tushunmagani aniq. Odatda Yevropada jamoasi yutqazgan paytida ham muxlislar o'z suyuklilarini faol qo'llab-quvvatlashadida...
- Uka, siz "CA"da ishlaysiz-a?
- Ha
- Bizning ham rasm saytda chiqsin, ko'raylik
- Muxlislar iltimosi yerda qolmaydi, mana "Mashal"ning ikki nafar ishqibozi
"Mashal" menejeri Ilhom Qurbonov hamda "Qizilqum" ijrochi direktori Hamid Aktamov o'yindan so'ng uchrashuv borasida bahslashishayotgan vaziyat. Hissiyotlar junbushga kelgan vaqt
Uchrashuvning to'liq fotogalereyasini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Shahboz Beg'amov