Muborakda futbol mavsumi yakunlanmoqda
28 okt 2014 11:09
Yangiliklar

Muborakda futbol mavsumi yakunlanmoqda
Muborakda ushbu hafta ortda qolgan mavsumning so'nggi futbol haftaligi bo'lib o'tadi. SHunday qilib 2014 yilgi futbol mavsumi Muborakda o'z nihoyasiga etadi.
Muxlislar ushbu haftadan bir-biridan keskin uchrashuvlar guvohiga aylanadi. Ikkinchi liga, birinchi liga, yoshlar ligasi, oliy liga mavsumi Muborakda yakuniga etadi.
Ushbu bahslar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
1. Birinchi liga
29 oktyabr kuni futbol bo'yicha O'zbekiston birinchi ligasida so'nggi 16-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. "Mashal-2" jamoasi o'z maydonida eng principal raqibi "Paxtakor-2"ni qabul qiladi. Mavsumni yakunlab beruvchi ushbu bahs har ikki tomon uchun ham juda ahamiyatli. Ikki jamoa ham birinchi ligada sovrin uchun emas, munosib o'yin ko'rsatish uchun ishtirok etadi. Turnir jadvalidan ham ko'rinib turibdiki, ettinchi va sakkizinchi pog'onalar ikki akademiya klubiga tegishli. Bu jamoalarning Toshkentdagi bahsida 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan.
Birinchi liga. 16-tur. 29.10.2014
"Mashal-2" - "Paxtakor-2" 14:00
2. Ikkinchi liga
31 oktyabr kuni esa muxlislar Muborakda yana bir muhim bahsning guvohi bo'lishadi. Ikkinchi liga bo'lishiga qaramay liganing so'nggi turida o'ziga xos kichik derbi bo'ladi. Qashqadaryo ikkinchi ligasining so'nggi turida "Mashal"ning ikki klubi o'zaro bahs olib borishadi. Otajon Avezov boshchiligidagi "Mashal-98" va Mikola Lapa boshqarayotgan "Mashal-99" bahsi barchada qiziqish o'yg'otishi tabiiydir. Ushbu bahs bilan ikkinchi liga o'yinlariga ham yakun beriladi.
Ikkinchi liga. So'nggi tur. 31.10.2014
"Mashal-98" - "Mashal-99" 14:00
3. Yoshlar ligasi
Albatta, bu bahs eng muhim uchrashuvlardan biri bo'ladi. Negaki ayni vaqtda "Mashal" yoshlarini uch ochko kichik oltin medallarga egalik qilishini taminlaydi. Buni qo'lga kiritish esa oson emas. Raqib principal bo'lgan "Nasaf" yoshlari bo'ladi. O'ziga xos Vali Keldiev va Zafar Xolmurodovlar bahsi barchani stadionga kelishini taminlaydi. Qashqadaryo futbolining ikki yorqin vakillari murabbiylik qilayotgan jamoalar bahsi keskin o'tishiga shubha yo'q. "Mashal" yoshlari uchun esa mavsumdagi eng muhim uchrashuv mana shu bo'ladi. Zero, ushbu bahs medallar taqdirini hal etadi. 1 noyabr kuni ushbu qarama-qarshilikni guvohiga aylanamiz.
Yoshlar ligasi. 25-tur. 01.11.2014
"Mashal" - "Nasaf" 14:00
4. Oliy liga
Muborakda futbol mavsumi ushbu uchrashuv bilan o'z yakuniga etadi. Oliy liganing 25 turidan o'rin olgan "Voha derbisi" barchani diqqat markazida bo'ladi. "Mashal" uchun mavsumdagi so'nggi uy uchrashuvi juda ahamiyatlidir. Muxlislar bunday bahslardan jamoadan har qachongidan ko'ra g'alabani ko'proq istaydi. Bu o'yinda ochko uchun emas, o'zaro principallik uchun maydonga tushiladi. Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan mazkur bahs muxlislarga eng keskin to'qnashuvni taqdim etishiga shubha yo'q.
Undan tashqari shu kuni "Mashal" klubing 30 yillik yubiley to'yi ham bo'lib o'tadi. Bu haqida keyinroq batafsil malumot berib o'tamiz.
Oliy liga. 25-tur. 02.11.2014
"Mashal" - "Nasaf" 15:00
Muborakdagi barcha bahslarga muxlislarni taklif etamiz.

Fikrlar