MTJ murabbiylar shtabida yangilik
07 mar 19:08
Yangiliklar
MTJ murabbiylar shtabida yangilik
Fabio Kannavaro Jahon chempionati oldidan o'z shtabini kengaytirishga qaror qildi. Kannavaro o'z shtabiga yana bir mutaxassis, aniqrog'i "Napoli" sobiq sardori va o'z ukasi Paolo Kannavaroni qo'shib oldi. Paolo Kannavaro ham akasi kabi markaziy himoyachi bo'lgan va 2006-2014 yillar oralig'ida "Napoli" sharafini himoya qilib, 236ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, Paolo faoliyati davomida "Parma", "Verona" va "Sassuolo" klublarida to'p tepishga ulgurgan.
"Ha, men Fabioga yordamlashaman. Men avvallari ham uning murabbiylar shtabida edim, ammo o'tgan yillar davomida o'zimni bosh murabbiylikda sinab ko'rdim va shu sababli bir muddat Fabio bilan birga ishlamadim. Men asosan Chichi(Franchesko Troice, Fabio Kannavaroning assistenti va MTJ murabbiylar shtabi azosi) bilan birga ishlayman", - deya izoh berdi Paolo Kannavaro O'zbekiston MTJ murabbiylar shtabidagi faoliyati haqida.
Eslatib o'tamiz, Paolo Kannavaro O'zbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyida o'tkazilgan BAAdagi yig'in davomida ilk bor ko'rinish bergan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar
Yaxshilikka bulsin