Fabio Kannavaro nega aynan Atlantani tanladi?
05 mar 12:15
Yangiliklar
Fabio Kannavaro nega aynan Atlantani tanladi?
"JCHda 48 jamoa qatnashadi. FIFA ularni mehmonxona va mashg'ulot maydoni bilan taminlashi kerak. Jamoalar uchun eng asosiy narsa shu. Mehmonxonasi va mashg'ulot maydoni bo'lsa bo'ldi.
48 jamoa uchun FIFA 64 ta mashg'ulot maydoni va 64 ta mehmonxona taklif qildi. Yani mehmonxona bilan mashg'ulot maydoni bir-biriga bog'langan. Mehmonxonani tanlasangiz, o'shaning mashg'ulot maydoni ham bor. FIFA 64 variantni o'tgan yilning boshida elon qilgan edi va saytiga qo'yib: "O'rganib chiqinglar", degan.
Jamoalar o'rganib chiqishdi, hatto borib ko'rib ham kelishdi. Keyin qurani kutishdi.
Shu 64 ning ichidan har bitta jamoaga 5 ta variant berildi. Jamoalar o'zining xohishiga qarab: "Birinchi variantim — bu, ikkinchi variantim — bu, uchinchi variantim — bu", belgilashgan. Keyin FIFA o'rganib chiqib: "Mana shu sizlarning yakuniy tanlovinglar", deb qaror bergan.

Iloji boricha, hammaga birinchi variantini bergan, lekin to'qnash kelib qoladigan bo'lsa, jamoalarning reytingiga qaralgan. Masalan, O'zbekiston Atlantani tanladi. Aytaylik, Germaniya ham: "Atlantada turaman", deb tanlagan bo'lsa, FIFA hujjatlarni o'rganadi va Germaniyaning reytingi baland bo'lganligi uchun, nemislarga ustuvorlik beradi. Shunda O'zbekiston ikkinchi variantga o'tishga majbur bo'ladi. Shu qoida bo'yicha jamoalar tanlab-tanlab, ajratib-ajratib, jamoalarga mehmonxonalar ajratilgan.
Musobaqa bo'lib o'tadigan shaharlar suratdagi uchta doiraga bo'lingan. Oq teglar va qizildagilari — mezbon shaharlar. O'zbekiston o'rtadagi markaziy doiraning ichida. Shuning uchun markaziy doiraning ichidagi joylardan bittasini tanlagan. Yani u chekkadan — Sietldan yoki Bostondan tanlasa bo'lmas edi, unaqa variant berilmas edi. Mana shu markaziy doiraning ichidagi mehmonxona tanlagan.

O'zbekistonning o'yinlari Hyuston, Atlanta va Mexikoda bo'ladi. Uchalasi ham shu markaziy doiraning ichida. Atlanta — O'zbekiston o'ziga baza qilib tanlab olgan joy. Musobaqa oxirigacha jamoamiz shu joyda istiqomat qiladi", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar
O'zbekiston-Portugaliya 2-2
O'zbekiston-Kongo 4-0