So’nggi yangiliklar

23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21

MTJ. Legionerlarimiz Toshkentga qachon kelishadi? Yangiliklar

MTJ. Legionerlarimiz Toshkentga qachon kelishadi?

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi 15 noyabr kuni JCH-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi.

Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa 10 noyabr kuni Toshkentda Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoamiz 4 noyabr kuni yig'inni boshlaydi.

Ushbu yig'inga legionerlarimiz qachon qo'shilishlari haqida malumot beramiz.


Igor Sergeev va Egor Krimec ("Beyjing Goan"), Anzur Ismoilov ("CHanchun Yatai")
Xitoy Superligasida 30 oktyabr kuni mavsumning so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu degani bu mamlakatda o'ynaydigan futbolchilar noyabr oyi boshidayoq yurtimizga etib kelishadi va yig'inning boshidanoq jamoa bilan birga bo'lishadi.

Azizbek Haydarov ("Al SHabab")
BAA pro-ligasida o'ynayotgan hamyurtimiz Toshkentga 3 yoki 4 oktyabr kuni kelishi mumkin. Sababi "Al SHabab" 2 noyabr kuni tur o'yinini "Al Ayn"ga qarshi o'tkazadi.

Sardor Rashidov ("Al Jayish")
Rashidov jamoasi ham 2 noyabr kuni Qatar Yulduzlar ligasida o'yin o'tkazadi. SHu bois Sardor Azizbek Haydarov bilan deyarli bir vaqtda Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Sanjar Tursunov ("Vorskla")
Agar Samvel Babayan Tursunovni yig'inga chaqirsa hamyurtimiz taxminan 6 noyabr kuni O'zbekistonga keladi. Sababi "Vorskla" 5 noyabr kuni "Karpati"ga qarshi safarda o'yin o'tkazadi.

Aleksandr Geynrix ("Ordabasi")
Qozog'istonda mavsumning so'nggi tur o'yini 29 oktyabr kuni o'tkaziladi. Sasha 6 noyabr kuni Toshkentga keladi.

Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), Vadim Afonin ("Orenburg")
Legionerlar orasida eng kech keladiganlari Rossiyada o'ynaydiganlari bo'ladi. Vitaliy Denisov o'ynayotgan "Loko" 5 noyabrda "Anji" bilan bellashadi. 6 noyabr kuni "Krasnodar" o'z uyida "Orenburg"ni qabul qiladi. Samvel Babayan agar hujjatlari bilan muammolar hal qilinsa "Orenburg" vakili Vadim Afoninni ham terma jamoaga chaqirishga tayyorligini malum qilgan.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика