So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

Moziyga safar. Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi qanday o'tgan edi? Yangiliklar

Moziyga safar. Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi qanday o'tgan edi?

Kuni kecha Aleksandr Geynrix uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilish haqida xabarni chop etgan edik.

SHundan keyin 2007 yilda Mirjalol Qosimov sharafiga uyushtirilgan xayrlashuv uchrashuvini esga olishga ahd qildik. Bu o'yinni boshqalardan farqi shundaki, u maxsus tashkil qilingan edi. Masalan, Baqoev, SHackix, Karpenkolarni O'zbekiston terma jamoasining odatiy o'yinlaridan birida kuzatib qo'ygan bo'lsak, Qosimov uchun alohida scenariy asosida tadbir qilingan. O'shanda Alisher Nikimbaev va Mrjalol Qosimov tomonidan maxsus dastur ishlab chiqiladi. Bu loyihani Mirabror Zufarovich O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan qo'llab-quvvatlaydi, qolaversa katta sahnaga kirib kelgan "Bunyodkor"ning o'sha yillardagi rahbariyati ham o'z hissalarini qo'shdilar. 


Mehmonlar orasida o'smirlar o'rtasida Sobiq Ittifoq terma jamoasini jahon chempioni qilgan murabbiyi Aleksandr Piskaryov, "Paxtakor"dagi faoliyati bilan tanish Alesandr Tarxanov tashrif buyurgan edi. Futbolchilar orasida Zemlinskiy, Torlovskiy, Pagaev, Karyaka, Ali Dai, Polyakov, Xomich, Onopko, Semak, Davletov, Fyodorov kabi futbolchilarni ko'rganmiz. Sami Al Jabir ham tashrifchilar orasida bo'lgan edi, ammo malum sabab tadbirda qatnasha olmagandi.


SHu kuni SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining tabrigini o'qib eshittirgan. SHundan keyin Yuriy Sarkisyan va Mirjalol Qosimovga hukumat sovg'alari taqdim etilgan edi. Poytaxtga kelgan yulduzlarga esa milliy zar to'nlar tuhfa qilindi.


"Million" guruhining bugungi kundagi etakchisi Davron Kabulov o'sha yillari "Sport TV"da faoliyat olib borar edi. Karyaka bu paytda "Benfika"dan "Saturn"ga jamoasiga qaytgan payti.

Ikki "legenda" Valeriy Gazzaev va Yuriy Sarkisyan.

SHu kuni Yuriy Vazgenovich va Mirjalol Qosimov Prezident tomonidan esdalik sovg'alarini olgan edilar.

Bu ikki metr bir vaqtda mamlakat chempioni bo'lgan edilar. Gazzaev "Spartak"ni, Sarkisyan "Neftchi"ni chempion qilgan edilar. Qosimov esa Vladikavkazda Rossiya chempionligini qo'lga kiritgan edi.

Ozodbek Nazarbekov endi-endi katta sahnaga chiqayotgan paytlari.

Bu inson esa allaqachon mashhur bo'lib ulgurgan edi.

Yashil maydonga tashlanayotgan "so'nggi qadam".

SHu kuni MHSK stadioniga tashrif buyurgan muxlislar Zemlinskiy, Onopko, Karyaka, Polyakov, Ali Dai, Davletov, Akopyanc va Fyodorov kabi futbolchilarni o'yinlarini jonli tomosha qilgan edilar.

O'zbekiston terma jamoasini esa shu suratdagi futbolchilar himoya qilgan edilar. Muxlislarga topishmoq, topib ko'ring-chi?

Mirkamol va Mirjamol Qosimov. Ulardan futbolchi bo'lish Kichik o'g'il Mirjamolga nasib etdi.


Mirjalol Qosimovni qo'lidan ushlab futbolga olib borgan Qo'shoq ota "Sport" va "O'zbekiston" TVga intervyu berayapti. 


Taqdir charxpalagi. Kapadze va Fyodorov hozir "Lokomotiv" murabbiylar shtabida birga faoliyat olib borayaptilar.


2007 yilda Akopyanc Latviyaning "Darida" jamoasida faoliyat olib borar edi. Geynrix va yosh Bikmaev u bilan suhbatda.

So'nggi 10 yillikning yuludzlari...

Bu esa o'yindan keyingi umumiy esdalik surati.

MDH yulduzlari.

Qosimov bugungi kundagi muvaffaqiyatida Gazzaevdan minnatdor bo'lsa bo'ladi.

Men ham fursatni boy bermagan edim.

"Spartak" Alaniya o'z tarixidagi yagona chempionlikni qo'lga kiritishida Valeriy Gazzaevga Aleksandr Stelmax klub boshqaruvchisi sifatida barcha sharoitlarni yaratib bergan edi.

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика