So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   0 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  0 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  1 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Moziyga qaytib... What is your mission, Petit? Yangiliklar

Moziyga qaytib... What is your mission, Petit?

2007 yil futbol muxlislari O'zbekiston chempionatidan hech qanday mo'jiza kutmayotgandilar.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi qatorasiga 5 yildan beri chempion bo'lgan va ushbu mavsumda ham bu anana takrorlanishiga hech kim shubha qilmasdi. Sababi poytaxtliklarga yaqin raqobatchining o'zi yo'q edi. Biroq chempionat boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida kutilmagan mo'jiza ro'y berdi. O'zbekistonga franciyalik mashhur futbolchi, Jahon va Evropa chemponi Emmanuel Peti tashrif buyurdi. Futbol o'ynash uchun emas (bu faoliyatni u 3 yil avval yakunlagan).


WHAT IS YOUR MISSION, PETIT?

("Odamlar orasida" gazetasining 2007 yil 8 mart sonidan olindi).



O'tgan hafta O'zbekistonga Emmanuel Peti tashrif buyurdi. Tanimaganlar uchun tanishtiraman – Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi, 1998 yilgi Jahon chempioni, 2000 yilgi Evropa chempioni, Franciya chempioni (1997), Angliya chempioni (1998), Franciya (1991) va Angliya (1998) kuboklari sohibi. 1998 yilgi Jahon chempionati finalida Braziliya terma jamoasi darvozasiga urilgan uchinchi gol muallifi va o'sha o'yinda Zinedin Zidanning birinchi goliga burchakdan to'p uzatib bergan futbolchi. Xullas, tirik afsona!

Xojiboy Tojiboev askiya qilganidek, "Biz uni faqat televizorlarimiz ekrani orqali ko'rardik, o'yinlariga chipta olish orzumiz sanalardi. Axir, bizning ham shaxrimizga kelar ekan-ku, a?"

28 fevral kuni Milliy matbuot markazida jurnalistlar bilan o'z tashrifi tafsilotlarini o'rtoqlashar ekan, Peti oldindan hammasini oydinlashtirib olish kerakligini bildirdi – "Men hozir futbolchi emasman, yaqin o'rtada murabbiylik qilishni ham o'ylayotganim yo'q. Garchi suhandonlik bilan shug'ullanayotgan bo'lsam-da, O'zbekistonning o'yinlariga suhandonlik qilish ham rejalarimga kirmaydi".

Xo'sh, unda nima qilib yuribdi bu mashhur odam bizning "mahallamizda"?

"Mening O'zbekistonga kelayotganimni eshitib bazilar kulishdi, lekin bir necha yil ilgari Yaponiyaga boraman, Dubayga boraman, deganlarning ustidan ham shunaqa kulishardi. Bugun u erlarga boradigan odamlarning ustidan ortiq kulishmaydi, aminmanki, xali shunday vaqtlar keladi va menga o'xshaganlar O'zbekistonga ketyapmiz deyishsa, hech kim kulmaydigan bo'ladi. Men bunga ishonaman".

Tarjimonning xatosimi bu, yoki Petini jurnalistlar bilan uchrashtirishdan oldin keragidan ortiq mehmon qilib yuborishdimikan?

"Sizlar hammangiz yaxshi odamlarga o'xshaysiz". "Insoniylik birinchi o'ringa qo'yilishi kerak". "Men O'zbekistondagi futbol ahvolidan yaxshi xabardor emasman, ammo mamlakatingizda ro'y berayotgan boshqa voqealarni anchadan beri kuzatib boraman". "Hayotdagi asosiy maqsadim yaxshi inson bo'lish". "Biz bir-birimizni hurmat qilishimiz va o'rtadagi birligimizni yo'qotmasligimiz kerak".

Biron narsani tushunsa bo'ladimi francuz futbolchisining o'zbek jurnalistlariga ingliz tilida aytgan gaplarining ruscha tarjimasi o'zbekcha qilib yozilganida?

"Yonimdagi ikki sherigimni balki siz xali tanimassiz, ammo ular juda mashxur odamlar!". Bu nima degani? Ismlariyam qiziq – Peti ularni "Jan Ri va Binon" deb tanishtirdi, tarjimon qiz "Jan Rian va Beno" deb elon qildi. Uchrashuv tafsilotlari haqida malumot bergan "O'zbekiston futboli" gazetasida esa "Jan Kyun va Bruno" degan ismlar yozilgan. Qaerda mashhur, qanaqa mashhur – boshqa hech qanaqa malumot yo'q. Na biron bir jurnalist qiziqib so'radi, na "mashhurlar"ning o'zi bu haqda og'iz ochishdi.

"Hayotda biron narsa qilish uchun odamlar bilan uchrashishingiz kerak. Londondaligimda o'zbekistonlik bir odam bilan uchrashdim va u meni yurtingizga taklif qildi". Peti biroz aniqroq gapira boshlagan edi hamki, oraga terma jamoamiz murabbiyi qo'shilib, mavzu yana chigallashdi.

"O'zbekistondagi asosiy muammo - ommaviylik. Individualizm etishmaydi - odam o'zi mustaqil qaror qabul qilishga qo'rqadi, jamoa bo'lib fikrlaydi. Vaholanki, o'z o'yiningni o'z qo'lingga ola bilishing ko'p hollarda foyda keltiradi. Xitoy va Koreyada ham 10-15 yil avval shunaqa fikrlashardi, ammo hozir ularda ham individual qaror qabul qilish kuchaydi va mos ravishda ularning rivojlanishi ham tezlashdi" – bu Petining "O'zbek futboli haqidagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?" degan savolga javobi. "Men hozir futbolchi emasman, futbolga aloqam yo'q" deyayotgan odamning gaplari.

Petining faoliyatiga nazar tashlasak, u o'zi oldin ham hammani chalkashtirib yurgan. Masalan, 1997 yil Franciyaning "Monako" jamoasini tark etib, Angliyaning "Arsenal" jamoasi bilan shartnoma imzolaganida ham butun Angliya xayron bo'lgandi "What is uour mission, Petit?" (Nima bor bu erda, Peti?) deb. Zukko ingliz jurnalistlarining Peti tashrifiga bag'ishlangan maqolalarida "Terma jamoa sardori Toni Adams va Angliya himoyachisi Martin Kioun bo'la turib, "Arsenal"da yana bitta markaziy himoyachiga nima bor?" degan kinoyalar yotardi "What is uour mission, Petit?" degan savolda. "Franciyalik murabbiy Arsen Venger o'zlari mezbonlik qiladigan Jahon chempionati arafasida Angliya terma jamoasi himoyachilarini zahiraga o'tirgizib qo'ymoqchidir balki?" deb vahima sola boshlagandi Londonning "sariq matbuoti". Ammo uning Londonga kelishiga sababchi bo'lgan Arsen Venger bu tushunmovchilikka aniqlik kiritib, Petini yaxshi bilishini, u aslida markaziy himoyachi bo'lsa ham, yangi jamoada yarim himoyada o'ynay olishi va bu o'zgarish na Adams bilan Kiounning asosiy tarkibdagi o'rniga, na umidli Petining o'yiniga zarar etkazmasligiga vada bergandi. "Yarim himoyada o'ynashi hatto uning shartnomasida yozilgan" deb jurnalistlar oldida o'zini oqlagandi Petini taklif qilgan Venger. CHindan ham shunday bo'lib chiqdi. Peti yarim himoyaga o'tdi, Adams va Kioun tarkibdagi o'rinlarini yo'qotishmadi. Franciya esa o'sha yarim himoyaga o'tgan Peti bilan 1998 yil Jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Ammo bu endi boshqa masala.

Xo'sh, Petining Toshkentga tashrifini kim izohlab beradi bizga? Qani uning hozirgi faoliyatini yaxshi biladigan va bu nima foyda-yu nima zarar keltirishini tahlil qilib beradigan jiddiy jurnalistlar? Qani pashshadan fil yasab vahima ko'taradigan va Vengerni Peti bilan tuzilgan shartnomani ko'rsatishga majbur qiladigan "sariq matbuot"? Balki o'tgan yili futboldan ketganidan keyin murabbiylikka o'qib, erta-indin terma jamoamiz murabbiyligini olmoqchidir Peti matbot anjumaniga tomoshabin sifatida kelib o'tirgan beozorgina Inileevni bo'shattirib. Balki futbolga umuman aloqasi yo'q ish bilan kelgandir – qarang axir, gaplari g'alati, "Sizlar hammangiz yaxshi odamlarga o'xshaysiz", "insoniylik birinchi o'ringa qo'yilishi kerak", deyapti. Qaniydi bizga ham ko'rsatishsa uni taklif qilganlar qanaqa shartnoma bilan taklif qilganliklarini! Kiyinishiyam g'alati – inqilob timsoli CHe Gevara rasmi tushirilgan futbolkani kiyib olib, uning kimligi haqida maruza o'qiyapti bizning qo'ydek yuvvosh jurnalistlarimizga.

Eng alam qiladigani – aniq bir tayinli gap yo'q uning javoblarida.

"Kelajakdagi rejalarimga kelsak, men hali bu haqda aniq bir fikr bildirishim qiyin. Rostini aytsam, men O'zbekistonda nima ishlar qilishim mumkinligi haqida hali biron bir tasavvurga ega emasman. Hozircha tanishyapman, hozircha hamma menga yaxshi munosabatda, ko'ramiz, o'zbeklarga qanaqa yordamim tegishi mumkinligini vaqt ko'rsatadi". Bu endi tarjimonning xatosi emas, tarjimon tashlab ketdi bu joyini. Biz o'sha matbuot anjumanida Petining og'zidan chiqqan gaplarni diktofonga yozdirib olib, professional tarjimonga so'zma-so'z tarjima qildirtirdik! Nima deb tushunish o'zingizga havola!

Yana dinga bog'lamoqchimi bu, hamma narsani dinga bog'layveramizmi, missionerlik qilish uchun kelmagandir Toshkentga Peti deb tana qilsangiz, menga emas, Petining o'ziga tana qiling, chunki din haqida men emas, birinchi bo'lib uning o'zi gap boshladi. Yana professional tarjimonning so'zma-so'z tarjimasiga murojaat qilamiz: "Futbol bugun barcha din vakillarining o'yiniga aylangan – u erda hamma bir, hamma teng. Bundan unumli foydalanishimiz, futbol maydonini urush maydoniga emas, do'stlashish, birdamlik maydoniga aylantirishimiz kerak. Biz bir-birimizni hurmat qilishimiz va o'rtadagi birligimizni yo'qotmasligimiz kerak".

Nima demoqchisiz o'zi, janob Peti!


                                                                                              Avaz BERDIQULOV.


Tahririyatdan: O'sha paytda Peti tashrifi haqida bilmaganlar (ayniqsa yosh avlod) maqolani o'qib hech narsani tushunmagan bo'lishlari mumkin. SHu bois, biz mavzuni davom ettirib, “Moziyga qaytib...” ruknining keyingi sonida bu mavzuni batafsil tushuntirishga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика