Moyze Kin: "Gollar urib, tanqidchilar og'zini yopaman"
14 noy 2022 11:46
Yangiliklar


Moyze Kin: "Gollar urib, tanqidchilar og'zini yopaman"
Turinning "Yuventus" klubi 15-tur o'yinida o'z maydonida Rimning "Lacio" klubini qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi.
Bu "Yuventus"ning ketma-ket oltinchi g'alabasi bo'ldi. Jamoaning oxirgi mag'lubiyati oktyabr oyi boshida "Milan"ga qarshi o'yinda ro'y bergandi (0:2).
"Lacio" bilan bahsda 2 ta golga mualliflik qilgan Moyze Kin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Maydonda gollar bilan javob berish – tanqidchilar og'zini yopishning yagona yo'li. Bugun biz jamoa sifatida ajoyib o'ynadik. Ikkita gol urdim va bundan juda xursandman. Allegri har doim mendan maslahatini ayamaydi, unga rahmat aytmoqchiman", – dedi Kin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar