Mo'ydin Mamazulunov: “Kubokda Superliga klubi bilan o'ynashni istagandik”
19 apr 2018 12:13
Yangiliklar
Mo'ydin Mamazulunov: “Kubokda Superliga klubi bilan o'ynashni istagandik”
Muxlislar endi Pro-liga va Superliga jamoalarining to'qnashuviga guvoh bo'ladi. Bo'lajak bahs va umuman qura marosimi haqida “Dinamo”ning tajribali futbolchilaridan biri Mo'ydin Mamazulunov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'zbekiston Kubogining 1/8 bosqichiga tashlangan qura tashlash marosimini kecha, butun jamoa bo'lib TV orqali jonli efirda kuzatib bordik. Ilgari bu kabi tashkilotchilik bo'lmagandi. Hammasi ajoyib o'tdi. Qiziqarli va shu bilan birga hayajon ostida kechdi. Fursatdan foydalanib, tadbirni yuqori saviyada o'tkazgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.
- Quraga keladigan bo'lsak, rosti keyingi bosqichda Superliga klubi bilan to'qnash kelishni va bu orqali jamoamiz kuchini bilib olishni istagandik. Yakunda shunday ham bo'ldi. 1/8 bosqichida “Qizilqum” bilan o'ynaydigan bo'ldik. Mazkur uchrashuvning o'z maydonimizda o'tishi bizga qulaylik tug'dirishi aniq. CHunki muxlislarimizning ko'z o'ngida, ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida raqibni mag'lub etish bir muncha osonroq bo'ladi. Raqibni xurmat qilamiz. “Qizilqum” ham yaxshi shakllangan jamoa. Lekin bo'lajak o'yin oldidan imkoniyatlarni 60x40 deya baholagan bo'lardim – deydi Mamazulunov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar