Mourinyu: “U meni yutolmagan, shu sabab yozgan kitobiga ham meni kiritmay qo'yaqolgan”
16 okt 2020 19:25
Yangiliklar


Mourinyu: “U meni yutolmagan, shu sabab yozgan kitobiga ham meni kiritmay qo'yaqolgan”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Arsenal” sobiq murabbiyi Arsen Venger yozgan kitobda uning nomi keltirilmaganiga qanday munosabat bildirishi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Nega u meni tilga olmagan? CHunki u meni hech qachon mag'lub etolmagan. Agar 12 yoki 14 o'yindan birortasida ham g'alaba qozona olmagan bo'lsangiz, bunga kitobdagi bir bobni bag'ishlagan bo'larmidingiz? Xo'sh, nega u buni qilishi kerak? Kitob – bu sizni xursand qiladigan, biron bir yutuq bilan faxrlantiradigan narsadir. SHu sabab bu holatni yaxshi tushunaman”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Malumot uchun, ular o'zaro 18 marta to'qnash kelishgan. SHulardan 9 tasida Joze Mourinyu, 2 tasida Arsen Venger g'alabani tantana qilgan, 7 ta bahsda durang qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar