Mourinyu: "Tottenxem" hech qachon transferlar oynasida qirol bo'la olmaydi"
26 dek 2019 12:45
Yangiliklar


Mourinyu: "Tottenxem" hech qachon transferlar oynasida qirol bo'la olmaydi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "shporlar" transferlar oynasida ko'p pul ishlatishni rejalashtirmayotgani haqida gapirdi.
"Men hozir "Tottenxem"daman. Men bu klubni, loyihasi qanday ekanligini bilaman. Transferlar oynasida esa jamoa ichida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarga munosabat bildirishimiz kerak. agar bazi o'yinchilar klubni tark etishsa, biz bunga munosabat bildirishimiz kerak.
Biz hech qachon transferlar bozorida qirol bo'la olmaymiz. Biz futbolchilar uchun boshqa klublar bilan raqobatlashgan holda pul sarflamaymiz. Biz faqat o'yinni rivojlantirishda davom etishimiz kerak. Takror aytaman, menda mavjud bo'lgan futbolchilardan qoniqish hosil qilmoqdaman", - deydi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar