Mourinyu tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

26 apr 2020, 22:36
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu braziliyalik Ronaldoni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb tan oldi.

Portugaliyalik mutaxassis Ronaldo bilan 1996/97 yilgi mavsum "Barselona"da birga ishlagan. O'shanda Mourinyu bosh murabbiy Bobbi Robsonning yordamchisi edi.


"Tarixdagi eng yaxshi futbolchi? Ronaldo. Fenomen. Krishtianu Ronaldu va Messining faoliyatlari nisbatan uzoqroq davom etadi, ular 15 yildan beri eng yuqori pog'onada turishibdi. Ammo istedod va mahorat haqida gapiradigan bo'lsak, hech kim Ronaldodan ustun bo'la olmaydi".

O'xshash yangiliklar


Manba: FCBarcelonaFI