Mourinyu "Roma"ning oldingi egalarini tanqid qildi
24 okt 2021 13:51
Yangiliklar
Mourinyu "Roma"ning oldingi egalarini tanqid qildi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu klubning oldingi egalarini tanqid qildi.
"Roma"da bo'layotgan ishlarni ko'rib, ko'p insonlar kulmoqda. Fridkinlar va Tyago Pintoga klubning oldingi egalaridan "axlat qutilari" qolgan. "Roma"ning hozirgi egalari klubning qarzlarini yopish uchun juda katta pul ishlatishdi. O'zlarining loyihasini boshlash uchun ko'p vaqt ketib qoldi.
Birovning cho'ntagidan ketayotgan pulni ko'rib kulishmoqda. Agarda kimdir Mourinyu bundan norozi bo'lmoqda, deyishsa, bu yolg'on. Mourinyu yaxshi futbolchilarni istaydi? Ha, barcha buni istaydi. Ammo men Fridkinlar va Tyago Pintoni hurmat qilaman. Mourinyu holatni to'g'ri qabul qiladi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar