Mourinyu Modrich bilan "Tottenxem"ga qaytish borasida gaplashdi
19 dek 2020 16:09
Yangiliklar


Mourinyu Modrich bilan "Tottenxem"ga qaytish borasida gaplashdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
Portugaliyalik mutaxassis uning London klubiga qaytishini muhokama qilish uchun 35 yoshli o'yinchi bilan aloqaga chiqqan.
Xorvat 2008-2012 yillar davomida "Tottenxem"ga o'ynagan va shundan so'ng "Real"ga o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, ingliz klubida birorta ham jamoaviy sovrin yutmagan futbolchi ispan klubida 4 bor CHempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan, shuningdek boshqa ko'plab sovrinlardan tashqari Luka "Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar