Mourinyu: "Men Kloppning do'sti emasman"
28 jan 2021 18:47
Yangiliklar


Mourinyu: "Men Kloppning do'sti emasman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp haqida gapirdi.
"Men Yurgenning do'sti emasman, shu sabab u bilan hech qachon vaqt o'tkazmaganman. Qachonki siz insonni yaxshi bilsangiz, aytishingiz mumkin: "U menga yoqadi, u mening do'stim" yoki "U menga yoqmaydi, u mening do'stim emas". Biz Yurgen bilan o'yin oldidan va o'yindan so'ng 5 daqiqadan gaplashamiz.
Yurgen haqida faqatgina uni hurmatga sazovor bo'lgan hamkasb deyishim mumkin, u bilan menda hech qanday muammo yo'q. U ham men haqimda shunday o'ylaydi", - deydi Mourinyu.
"Tottenxem" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin bugun bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar