Mourinyu: "Keynning jarohati - Beylning o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat"
30 jan 2021 17:34
Yangiliklar


Mourinyu: "Keynning jarohati - Beylning o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat"
"Tottenxem" ustozi Joze Mourinyu hujumchi Xarri Keynning jarohati vinger Garet Beyl uchun imkoniyat deb hisoblaydi.
"Bu Beyl uchun imkoniyat. U kundan-kunga o'zini yaxshi his qilmoqda. Jamoa qachonki Keyn darajasidagi futbolchini yo'qotsa, birinchi rolga boshqa o'yinchilar chiqishi kerak. Umid qilamanki, Garet buni uddalaydi", - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Oldinroq, Keyn jarohati sabab bir necha haftaga safdan chiqqani aytilgan edi.
Beyl "Tottenxem"ga "Real"dan ijara asosida o'tgan. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 26

Fikrlar