Mourinyu "Inter"ga qarshi o'yinni avtobusda tomosha qildi
02 okt 2022 13:41
Yangiliklar


Mourinyu "Inter"ga qarshi o'yinni avtobusda tomosha qildi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu A Seriya doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yinni klub avtobusida tomosha qildi.
Rimliklar ustozi "Atalanta"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgandi, shu sababli kechagi bahsda jamoa bilan birga bo'la olmasdi.
Portugaliyalik mutaxassis o'yin davomida qiziqarli videolarni baham ko'rdi, uchrashuv yakunlangach, g'alabani avtobus xodimlari bilan birgalikda nishonladi.
Eslatib o'tamiz, Milan shahridagi uchrashuvda "bo'rilar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar