Mourinyu "Guanjou" yoki Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin
05 iyu 2019 20:15
Yangiliklar
Mourinyu "Guanjou" yoki Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
56 yoshli mutaxassis Xitoyning eng boy kishisi Xu Czyain bilan "Guanjou Evergrand"da ishlash yoki Xitoy terma jamoasini boshqarish borasida muzokara o'tkazmoqda.
Ayni damda Mourinyu bilan muzokaralar davom etyapti.
Oldinroq, mutaxassis yosh ligalarni rivojlantirish va yangi chorlovlar izlash haqida gapirgan edi. Mourinyuning so'nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgan.
1996 yilda Czyain tomonidan asos solingan Evergrande Group kompaniyasi 9 yil oldin "Guanjou Evergrand"ni sotib olib, unga katta pul sarfladi.
Biznesmen Superligani rivojlantirish va milliy jamoa jahon chempionatiga olib chiqishga yordam beryapti.
Ayni damda "Guanjou Evergrand"ni Fabio Kannavaro, Xitoy terma jamoasini Marchello Lippi boshqarmoqda.
Fikrlar