Mourinyu: “Emeri - fantastik murabbiy”
30 noy 2019 09:27
Yangiliklar


Mourinyu: “Emeri - fantastik murabbiy”
“SHporlar” ustozi Unai Emeri “Arsenal”dan ketganiga munosabat bildirdi.
“Dunyoda istefosidan men xursand bo'ladigan birorta ham murabbiy yo'q. Bunday vaziyatlarda men o'zim tushgan holatlarni his qilaman. Ammo hayot shunday. Unai Emeri — fantastik murabbiy. Biroq uning “Arsenal”da baxtli bo'lmagani aniq edi. SHunga qaramay Emeri o'ziga xos natijalari bilan yuqori malakali mutaxassis bo'lib qoladi. Keyingi faoliyati yaxshi bo'ladi deb umid qilaman”, — deydi Joze.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar