Mourinyu "CHelsi"ning yana bir futbolchisini jamoasiga olib kelmoqchi
25 avg 2021 20:03
Yangiliklar
Mourinyu "CHelsi"ning yana bir futbolchisini jamoasiga olib kelmoqchi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu rimliklarning markaziy yarim himoyasini kuchaytirish niyatida.
Portugaliyalik mutaxassis "CHelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHikni jamoasiga olib kelmoqchi.
Rim klubi ingliz futbolchisini 16 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor. "Roma" "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga ham qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining yuqori maoshi tufayli uni sotib imkoniyatlari pastroq.
Loftus-CHik "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Futbolchi o'tgan mavsumni "Fulxem"da ijarada o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, "bo'rilar" yaqinda "aristokratlar" hujumchisi Temmi Abraxamni sotib olgandi.
Fikrlar