"Mourinyu Braziliya termasi boshqaruviga kelishi mumkin" - Karlos Alberto
09 jan 2023 12:06
Yangiliklar
"Mourinyu Braziliya termasi boshqaruviga kelishi mumkin" - Karlos Alberto
"Portu" sobiq futbolchisi Karlos Alberto Joze Mourinyu Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligini aytdi.
Hozirda portugaliyalik mutaxassis "Roma"ga ustozlik qilmoqda.
"Ehtimol, Mourinyu Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lar. U mendan uning yordamchisi bo'lishimni so'radi", – dedi Alberto.
Braziliya terma jamoasi Tite ketganidan keyin murabbiysiz qoldi. 61 yoshli mutaxassis Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasiga ko'ra (1:1, 2:4) mag'lub bo'lgach, istefoga chiqqanini malum qildi. U 2016 yildan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar