Mourinyu: "Bosimga dosh bera olmasangiz, uyda qoling"
27 noy 2018 15:51
Yangiliklar
Mourinyu: "Bosimga dosh bera olmasangiz, uyda qoling"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning fikricha, uning shogirdlari "Old Trafford"dagi bahsda bosimni his qilmasligi kerak.
"Yang Boyz"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o'yinidan oldin Mourinyu bosimga dosh bermaydiganlarni maydonga chiqmaslikka chaqirdi.
"O'z stadioningizda bosim his qilyapsizmi? Unda uyda qolishni maslahat beraman. Televizor orqali futbol ko'ring.
Seni qo'llab turgan muxlislaring qarshisida qanday bosim his qilish mumkin.
O'yinni agressiv boshlashimizni xohlayman. Kimlarningdir fikricha, men MYU futbolchilariga ehtiyot bo'lib o'ynashni aytar ekanman, ammo bunday emas. Men o'yin boshidan chiroyli va gollarga boy bo'lishini istayman" - deydi Mourinyu.
Fikrlar