So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  3 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  3 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  1 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  23 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

Mourino yana norozi Yangiliklar

Mourino yana norozi

Teglar :  Joze Mourino
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir xaridni amalga oshirsa, xursand bo'lishini aytdi.

"Ko'proq futbolchi xarid qilishni rejalashtirgan edim. Har bir mavsumlar oralig'ida shunday bo'ladi, murabbiy ko'proq futbolchi istaydi. Bizning tabiatimiz shunday.

Ammo klub qarorlari turlicha. Odatda istaganingizni ololmaysiz, butun faoliyatim davomida shunday bo'lib kelgan. Agar transfer yopilguniga qadar bir o'yinchi bilan shartnoma tuzsam, hammasi joyida bo'lar edi.

Transfer oynasi yopilishi bilan Premer-liga boshlanishiga qarshiligim yo'q. Biroq APL start oladigan vaqt borasida etirozim bor.

Italiya va Ispaniyada Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar ko'p, ammo ularda liga kechroq boshlanadi. Premer-liga ham shunday qilsa bo'lar edi" - deydi Mourino.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasi 10 avgust kuni, LaLiga 17 avgust, A Seriya - 19 avgustda start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика