Mourinyo: "Sanches Mata va Marsyal bilan birga ishlashi kerak"

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018, 22:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo forvard Aleksis Sanchesning AQSHdagi turnela qatnashishi mkminligi borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Aleksis Sanches tez orada yig'inlarga qo'shilishiga umid qilaman. U Mata va Marsyal bilan birga ishlashi kerak. Ular bizning hujumkor uchligimizdir", - dedi Mourinyo.

Oldinroq soliqdagi muammolari tufayli Aleksis jamoasi bilan AQSHdagi turnega uchmagani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd