Mourino PSJ futbolchisini "Tottenxem"ga taklif qildi
25 apr 2020 18:46
Yangiliklar


Mourino PSJ futbolchisini "Tottenxem"ga taklif qildi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino PSJ himoyachisi Toma Myoneni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, Mourino belgiyalik futbolchiga qo'ng'iroq qilgan va unga keyingi mavsum London jamoasi uchun o'ynashni taklif qilgan.
Futbolchiga qiziqayotgan jamoalar orasida "Inter", "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham bor.
28 yoshli belgiyalik joriy mavsum PSJ libosida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar