Mourinyo: MYUdan boshqa barcha jamoalar yozda tarkibni kuchaytirishdi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 19:23
MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo aytishicha, klub rahbariyati yozgi transferlar chog'ida tarkibni kuchaytirish uchun tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish borasida ijobiy ishlarni amalga oshira olmagan.

“Barcha jamoalar yozda tarkiblaarini kuchaytirib olishdi, faqat MYU emas.To'g'ri, “Tottenxem” ham safiga yulduzlarni jalb etmadi. Ammo eng yaxshi investiciya bu, tarkibdagi eng yaxshi futbolchilarni saqlab qolishdir. 

“Manchester Yunayted”ning turnir jadvalida kuchli to'rtlikdan ortda qolayapti. Ko'pchilik ular bilan oramizdagi farq bu darajada bo'lishi kerak emas, deb hisoblayapti. 

O'tgan yili bizning xizmatlarimizni munosib qadrlashmadi. Biz chempionatda ikkinchi o'rinni egalladik, Angliya Kubogi finaliga yetib bordik. YCHLda guruhimizda g'olib chiqdik. Ammo mehnatlarimizni munosib qadrlanmadi”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum avvalida MYU “Shaxtyor”dan Fred Rodriges (59 million evro), “Portu”dan himoyachi Diogu Dalot (22 million evro) va “Stok Siti”dan darvozabon Li Grantni (1,7 million) o'z safiga qo'shib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com