Mourino MYUdagi omadsizligi cababini aytdi
23 noy 2019 19:45
Yangiliklar


Mourino MYUdagi omadsizligi cababini aytdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Manchester Yunayted"dagi omadsizligi haqida gapirdi.
"Murabbiylik ishimni juda sog'ingandim. Qachonki uzoq muddat ishsiz yursang, berishayotgan taklifni rad eta olmaysan. Bunday payt "yo'q" deyish uchun kuchli murabbiy bo'lish kerak. Buni taxlil qildim va "yo'q" deyish men uchun emasligini bildim.
"Tottenxem"da o'tmishda qilgan xatolarimni takrorlamaymanmi? Endi men boshqa xatolarni qilaman va buni boshqa joyda takrorlamayman.
Tan olish kerak, o'sha paytlarda "Yunayted"da menga muhabbat etishmadi. Odamlar sen baxtli emasligingni bittada ko'rib olishadi. Agarda baxtli bo'lsang, odamlarni yanada quvvatlantirib, kayfiyatini ko'tarishing mumkin. Tan olaman, menga muhabbat etishmadi", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar