Mourino: "Matich - men uchun ideal futbolchi"
13 avg 2017 15:45
Yangiliklar


Mourino: "Matich - men uchun ideal futbolchi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "CHelsi"dan "qizil iblislar" safiga o'tgan Nemanya Matich haqida fikr bildirdi.
"O'tgan yil "Manchester Yunayted"ga kelganimda, bizga Matichdek futbolchi kerakligi haqida o'ylab qoldim. Ammo u haqida o'ylaganim yo'q, chunki bajarib bo'lmas ishlar haqida o'ylashni yomon ko'raman. Imkoniyatimiz yo'qligini his qildim.
Matich mening qo'l ostimda o'ynamoqchi ekanligini bilganimdan so'ng, u men uchun ideal futbolchi ekanligini o'yladim. Faqat uning sifatlari uchun emas, balki o'rtamizdagi munosabat tufayli. Unda barqarorlik bor.
U ko'nikishi uchun vaqt kerak emas, Matich boshqa mamlakatdan kelgan yosh futbolchi emas. U 29 yoshda va 5 yildan beri APLda to'p tepadi, unda tajriba etarli" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar