Rasman: Chalasan - "Andijon" futbolchisi!
04 dek 2025 22:19
Yangiliklar
Rasman: Chalasan - "Andijon" futbolchisi!
"Joriy yilgi mavsumni Qozog'istonning “Elimay” klubida o'tkazgan legioner - himoyachi Nemanya Chalasan“Andijon”ning yangi azosiga aylandi.
U 1996 yilning 17 mart sanasida Serbiyada tavallud topgan. Faoliyati mobaynida Serbiyaning “Bachka Subotitsa”, “Spartak”, “Chukarichki”, Portugaliyaning “Shavish” va “Leyshoesh” kabi jamoalarida ham to'p surgan. Oxirgi klubi esa yuqorida aytib o'tganimizdek, “Elimay” hisobalanadi.
Chalasan Qozog'iston premer-ligasi va Kubok musobaqasida hammasi bo'lib, 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 4 ta golli uzatmani bajargan. Umumiy hisobda esa ushbu himoyachi hozirga qadar faoliyati davomida 229 ta o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga 6 ta gol urgan va 9 ta golli pas bergan.
Nemanya “Andijon” klubiga xush kelibsan!", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar
Қизил карточка билан пенальтини ҳиди келяптию уже....