Mourino Lempardga JCH-2014dan so'ng termadagi faoliyatini tugatishni maslahat berdi
06 iyu 2014 11:45
Yangiliklar
Mourino Lempardga JCH-2014dan so'ng termadagi faoliyatini tugatishni maslahat berdi
“CHelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinoning so'zlariga ko'ra, Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenk Lempard 2014 yilgi Jahon chempionatidan so'ng, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.
“Termadagi faoliyatni tugatish uchun Jahon chempionati ajoyib variant. Men Frenkka bundan yaxshi payt bo'lmasligini aytdim.U baribir darvozabon emas, 40 yoshgacha o'ynay oladigan”, - deydi Mourino “AFP”ga bergan intervyusida.
Fikrlar